Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Samarqand va Toşkent viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 111 kg narkotik modda musodara qilingan.

Jumladan, Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Tojikistonning Söğd viloyati Panjikent tumanidan aylanma yöllar orqali 10 kg 894 gr “opiy” moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari – 1980, 1982, 1989 yillarda tuğilgan 3 nafar aka-uka qölga olingan.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şerigi bölgan, Urgut tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan ayol ham uşlanib, uning yaşaş xonadonida saqlanayotgan 13 kg 85 gr “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. 

Boşqa holatda esa, “özbek-tojik” davlat çegarasining Toşkent viloyati Bekobod tumani “Turon” MFY hududidan ötuvçi qismida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Tojikistonning Söğd viloyati Mastçox tumanidan Bekobod tumaniga oqib ötuvçi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan 3 dona yelim idişdagi jami 8 kg 381 gr “opiy” va 59 kg 296 gr “gaşiş” moddalari borligi aniqlangan.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib oliş maqsadida çegara hududiga kelgan Bekobod şahri va tumanida yaşovçi, 1985, 1989, 1996 va 1997 yillarda tuğilgan 4 nafar fuqaro qölga olingan. Ulardan 2 nafari muqaddam sudlangan şaxslar hisoblanadi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. 

Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, “özbek-tojik” davlat çegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam noma’lum şaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi içida 3 kg 942 gr “opiy” va 15 kg 473 gr “gaşiş” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, giyohvandlik vositalarini qoldirib ketgan şaxslarni aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.