Ukrainadagi uruşda rus harbiylari tomonidan asirga olingan ukrainalik askarlarga qarşi repressiyalar soni keskin oşdi. BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasining 3 fevral, duşanba kuni çop etilgan yangi hisobotiga köra, bunday qatllarni Rossiya rasmiylari qisman rağbatlantirmoqda.

Ukraina Qurolli kuçlarining kamida 79 askari olti oy içida qatl etildi

BMT kuzatuvçilari ma’lumotlariga köra, 2024 yil avgust oyi oxiridan buyon 24 ta alohida hodisada 79 ta şunday suddan taşqari qatl kuzatilgan. Bir marta Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan yaralangan rus askarining öldirilişi aniqlangan.

«Köplab ukrainalik harbiy asirlar taslim bölgandan keyin yoki Rossiya Qurolli kuçlari nazorati ostida bölganida, voqea joyida otib taşlandi. Guvohlarning sözlariga köra, qurolsiz va yarador ukrainalik harbiylarning öldirilgani ham kuzatilgan», — deya xabar beradi BMT missiyasi. Uning ta’kidlaşiça, qatllar Ukrainaning şarqiy hududlarida Rossiya Qurolli kuçlari hozirda oldinga siljigan hududlarda amalga oşirilgan.

Rossiyada qatl etiş haqidagi çaqiriqlar yangrayapti

«Bu hodisalar öz-özidan paydo bölmadi. Rossiya Federatsiyasi rasmiylari asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatçilarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölişga va hatto qatl etişga oçiq çaqirişdi, - dedi missiya rahbari Daniel Bell. - Javobgarlikdan ozod qiliş uçun keng asoslarni ta’minlovçi qonunlar bilan birga, bunday bayonotlar noqonuniy xatti-harakatni rağbatlantirişi yoki uni qözğatişi mumkin».

2024 yilda BMT missiyasi rossiyalik amaldorlarning kamida uçta şunday çaqiriğini, şuningdek, «Rossiya kuçlariga aloqador qurolli guruhlarning ölimga buyruq bergan yoki bunday harakatlarni ma’qullagan köplab ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini» qayd etgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining eslatişiça, «şafqat bermaslik» yoki «heç kimni tirik qoldirmaslik» haqidagi buyruq va çaqiriqlar xalqaro gumanitar huquqning buzilişi va uruş jinoyati hisoblanadi.

«Harbiy qömondonlar va siyosiy rahbarlar asirga olingan barça harbiy xizmatçilar va jangovar harakatlarda qatnaşmaydigan şaxslarni himoya qiliş va ularga insoniy munosabatda bölişni ta’minlaş böyiça aniq buyruqlar berişi kerak», — deya xulosa qildi Bell.