Farğona viloyatida huquq-tartibot idoralari hamkorligida xorijdan firibgarlik yöli bilan yirik miqdordagi pul mablağlarini özlaştirib kelgan jinoiy guruh faoliyati foş etildi, deb xabar berdi DXX.

«Özbekiston 24» telekanali videolavhasida aytilişiça, Farğona şahridagi (ikkita) va Toşkent şahridagi call-markaz orqali rossiyaliklardan pul undirib kelgan 32 kişi qölga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1986 yilda Farğona şahrida tuğilgan guruh rahbarining faoliyatiga çek qöyilgan. Ularga rossiyalik jinoiy guruhlar ham yordam bergani ta’kidlangan.

Tergov ma’lumotlariga köra, firibgarlar biologik faol qöşimçalarni (BFQ) onlayn xarid qilgan rossiyaliklarning şaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, özini tergov organlari xodimi sifatida taniştirib, BFQ qalbaki ekanini aytib, tovar sotuvçilari yetkazgan ma’naviy zarar uçun kompensatsiya sifatida tölov olişni taklif qilgan. Jinoyatçilarning ba’zilari Rossiya Moliya vazirligi vakillari nomidan iş olib borgan va daromad soliği tölanganidan keyin pul kompensatsiyasini va’da qilgan.

Firibgarlar va’da qilingan tölovlarni oliş uçun özlari körsatgan bank kartasiga badal ötkazişni taklif qilib, busiz mablağni olişning iloji yöqligini da’vo qilgan. Ular asosan keksalarning işonçiga kirib, pullarni özlaştirib kelgani ta’kidlanmoqda.

Qayd qilinişiça, qölga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) «g» bandi va 278-moddasi (kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kiriş) holatlari böyiça jinoyat işi qözğatilgan, tergov davom etmoqda.