2001 yilda fuqaro aviatsiyasida noyob hodisa sodir böladi. Kanadaning Toronto şahridan Portugaliya poytaxti Lissabon şahriga uçgan Airbus A330 samolyoti Atlantika okeani tepasida uçayotganida yonilğisi tugab qoladi. Şunda uçuvçilar dvigatellari töxtab qolgan samolyot bilan yana 120 km parvoz qilib, uni Atlantika okeanidagi orolda joylaşgan Lajyeş aviabazasidagi aerodromga qöndirişadi.
Dunyoda har kuni 100 mingdan oşiq turli parvozlar amalga oşiriladi va ularda 10 mln nafardan oşiq yölovçi öz manzillariga yetkazib qöyiladi.
Parvozlar paytida turli hodisalar sodir böladi va ularning ayrimlariga hatto aql bovar qilmaydi. Ana şunday noyob hodisa 2001 yilda sodir bölgandi.
Ma’lumki, samolyotlarning yonilğisi tugasa ular uzoq parvoz qila olmaydi va tez qulab tuşadi. Biroq bundan 23 yil avval Atlantika okeani tepasida uçayotgan samolyotning yonilğisi tugagandan söng Airbus A330 yana 120 km masofaga parvoz qiladi.
Öşanda ança tajribali bölgan uçuvçilarning töğri xatti-harakatlari natijasida samolyot va undagi yölovçilarning joni omon qoladi.
Hodisa
2001 yil 24 avgust kuni Grinviç vaqti bilan soat 00:52 da Kanadaning Air Transat aviakompaniyasiga qaraşli Airbus A330 samolyoti Torontodan Lissabon şahriga uçiş uçun havoga kötariladi.

Bu samolyot 1999 yilda işlab çiqarilgan bölib, sinov parvozidan muvaffaqiyatli ötganidan söng öşa yili Air Transat aviakompaniyasiga beriladi. Hodisagaça samolyot 2 390 marta uçiş-qönişni amalga oşirgan va 10 ming soatdan oşiqroq parvoz qilgandi.
Airbus A330 keng fyuzelyajli bölib, öşa kuni uning bortida 293 nafar yölovçi va 13 nafar ekipaj a’zolari bor edi. Yölovçilarning asosiy qismi Portugaliya fuqarolari bölgan.
Parvozdan avval samolyotga qariyb 47 tonna yonilği quyiladi. Bu yonilği Lissabongaça bölgan masofani uçib ötiş uçun yetib ortardi.
Parvoz reja böyiça davom etadi va samolyot 4 soatdan sal oşiqroq uçgandan söng soat 05:16 da Airbus A330 kabinasidagi ogohlantiriş çiroği yonib, dvigateldagi moy qizib ketayotgani haqida xabar beradi.
Odatda dvigatelga boradigan yonilği kamayganda bu ogohlantiriş çiroği işlab ketardi. Yonilği oşiqçasi bilan quyilgani uçun uçuvçilar ogohlantiriş çiroği yangliş yonyapti deb öylaşadi.
Şu bilan birga har ehtimolga qarşi ular Air Transat aviakompaniyasi vakillariga aloqaga çiqişadi va vaziyat haqida xabar berişadi. Aviakompaniya vakillari uçuvçilarga sergak bölişni aytiş bilan çeklanişadi.
Soat 05:36 da kabinadagi yana bir ogohlantiriş çiroği yonadi. Bunisi yonilği siğimlarida balans buzilayotgani haqida xabar berayotgandi. Uçuvçilar öng tomondagi siğimda aviakerosin qariyb tugaganini körişadi. Söng çap tomondagi siğimdan öng tomondagisiga yonilği ötkazişadi.

Bu orada ekipaj komandiri öng tomondagi siğimda yonilği qolmaganidan şubhalanadi va dvigatelga ulangan şlang teşilgan bölsa-çi degan gumonga boradi. Çunki Lissabongaça yetişi kerak bölgan yonilği masofaning yarmidan sal ötib tugab qolişi uni ajablantirgandi.
Komandir styuardessalar boşliğini çaqirib, unga illyuminatordan qarab, siğimdan yonilği oqyaptimi yöqmi, aniqlaşni buyuradi. Biroq hamma yoq qoronği bölgani uçun styuardessa heç narsani körmaydi.
Atlantika okeanidagi orolga qöniş
Ekipaj komandiri xavfli vaziyat yuzaga kelganini biladi va samolyotni Azor orollari tarkibiga kiruvçi Terseyra orolidagi Lajyeş aviabazasi tomon yönaltiradi. Oradagi masofa 320 km edi.
Komandir dispetçerlar bilan boğlanib yonilği tugayotgani va şu sababli yönalişni özgartirgani haqida xabar beradi. Şuningdek, Lajyeş aerodromidagilar ham favqulodda qöniş haqida ogohlantiriladi. Şundan söng u yerdagi qutqaruv xizmati şay holga keltiriladi.

Foto: alamy.com
Soat 06:13 da öng tomondagi siğimda yonilği tugaydi va şu qanotdagi dvigatel işlaşdan töxtaydi. Bu paytda hali aviabazagaça 217 km masofa bor edi. Şunda ekipaj komandiri öng tomondagi siğimdan yonilği oqib ketganini biladi va nima qilib bölsa ham samolyotni Lajyeş aviabazasiga yetkazib borişni öylaydi.
Samolyot bitta dvigatel bilan balandlikni uşlab qololmasdi. Şu sababli Airbus A330 asta-sekinlik bilan pastlay boşlaydi. Soat 06:26 da samolyotdagi yonilği batamom tugaydi va ikkinçi dvigatel ham öçadi. Öşanda Airbus A330 Lajyeş aviabazasidan 120 km uzoqlikda, yerdan 10 600 metr balandlikda parvoz qilayotgandi.
Dvigatellar öçişi samolyotdagi asosiy generatorning töxtaşiga sabab böladi. Şuningdek, havo tormozi, gidravlika, qanotlardagi spoylerlarni oçib yopadigan uskunalar öçadi.
Samolyot Lajyeşga qarab borar ekan, tezlik va balandlik muntazam pastlab boradi. Airbus A330 aviabazadagi aerodromga yetganda uning tezligi soatiga 370 km edi. Uçuvçilar samolyotni uçiş-qöniş yölagiga tuşirişadi.
Qöniş paytida zarba kuçli bölgani uçun samolyotdagi 10 ta şinadan 8 tasi yorilib ketadi. Şunda ham tezlik yuqori bölgani uçun Airbus A330 aerodrom çetiga çiqib ketadi va töxtaydi.

Uçuvçilarning mahorati tufayli samolyotda bölgan 306 kişining barçasi tirik qoladi. Faqat 16 yölovçi turli darajada tan jarohati oladi. Airbus A330 ham butun qoladi. Yölovçilar samolyot qönayotganda emas, u töxtagandan söng vahima tuşib özini çiqiş eşiklariga urganda tan jarohati oladi.
Öşanda samolyot Lajyeş aviabazasiga yetib kela olmasligi ham mumkin edi. Şunçaki röparada boşqa samolyot duç kelmagani va şamolsiz tinç ob-havo Airbus A330 samolyotining aviabazagaça yetib borişida asosiy rol öynaydi.
Suriştiruvlar
Hodisadan söng Portugaliya tomoni kanadalik va fransiyalik mutaxassislar bilan birga darhol suriştiruvlarni boşlab yuboradi.
Parvozdan 5 kun avval samolyotdagi ikkinçi raqamli dvigatel almaştirilgandi. Öşanda yonilği şlangi va yana bir qança uskunalarni yangilamasdan, eskilarining özi qoldiriladi.
Tekşiruvlarda dvigatel almaştirilgan kuni gidravlika tizimi uskunalari notöğri örnatilgani aniqlanadi. Buni Air Transat aviakompaniyasi vakillari ham körişadi.
Dvigatel almaştirilganda ta’mirlaş işlariga boş bölgan muhandis işni tezroq bitiriş uçun eski gidravlik nasosdan foydalangan. Şunda yonilği siğimi va gidravlik nasosga ulangan şlanglarda tirqiş qolgan va oqibatda aviakerosin oqib ketgandi.

Şu tariqa, hodisaga töliq Air Transat aviakompaniyasi aybdor ekani oydinlaşadi. Kanada fuqaro aviatsiya boşqarmasi qurbonlar yöqligini inobatga olib aviakompaniyaga 250 ming Kanada dollari miqdorida jarima soladi. Bu Kanada tarixidagi eng yirik jarima hisoblanadi.
Komissiyaning yakuniy xulosasida uçuvçilarning e’tiborsizligi keltirib ötilgandi. Ular boşdanoq kabinadagi ogohlantiruv signallarini jiddiy qabul qilişlari lozim edi. Şunday bölsa ham uçuvçilarning mahorati e’tirof etiladi. 2002 yilda ularga mukofot beriladi.
Hodisadan söng
Hodisadan söng AQŞ fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi Airbus kompaniyasi işlab çiqargan turli samolyotlarni boşqaruvçi uçuvçilar uçun alohida yöriqnoma işlab çiqadi. Yöriqnomaga köra, uçuvçilar parvozdan avval sönggi tekşiruvni ötkazişi va samolyotdan yonilği oqib ketmayotganiga işonç hosil qilgaç parvozni boşlaşi lozim edi.
Şuningdek, hodisadan yetarli xulosa çiqargan Airbus kompaniyasi samolyotlardagi bort kompyuterlarini töliq özgartiradi. Şundan söng kabinadagi priborlar agar yonilği siğimidan instruksiyada körsatilgandan köproq aviakerosin sarf böla boşlasa darhol ogohlantiriş xabarini beradigan böladi.

Air Transat aviakompaniyasi yengil şikastlangan Airbus A330 samolyotini ta’mirlab, undan foydalanişda davom etadi. 2009 yilda u Indoneziya aviakompaniyasiga lizingga beriladi. Keyinroq kanadaliklar uni qaytarib olib yana foydalandi. 2020 yilda Air Transat samolyotdan foydalanişni töxtatadi. Hozirda Airbus A330 Toronto aeroportida saqlanmoqda.
Samolyotni boşqargan ekipaj komandiri 2017 yilgaça işlab, söng nafaqaga çiqadi. Ikkinçi uçuvçi esa keyinçalik Emirates aviakompaniyasiga ötib işlay boşlaydi.
Keyinçalik bu hodisa haqida bir neçta hujjatli film suratga olinadi. Şuningdek, 2010 yilda ekipaj komandiri Rober Pişega bağişlab “Pişe: osmon va yer örtasida” badiiy filmi suratga olinadi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












