Rossiyada gaz bilan sovitiladigan yuqori haroratli reaktorlar (VTGR) uçun mikrosferali yonilği işlab çiqildi. «Rosatom» davlat korporatsiyasining ilmiy bölinmasi tarkibiga kiruvçi «NII NPO «LUÇ» AJ xodimlari uning sinovlari, jumladan, 1600 °C haroratdagi tajribalar haqida «Yadro energetikasining innovatsion loyihalari va texnologiyalari» VII xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasidagi maʼruza davomida maʼlum qildi.
«Yadro energetikasining innovatsion loyihalari va texnologiyalari» xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi Moskvada 27–29-oktabr kunlari bölib ötdi. Tadbirni «Rosatom», Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik va Milliy yadro jamiyati («Oteçestvennoye yadernoye obşçestvo») kömagida «NIKIET» AJ taşkil etdi. Konferensiyada Rossiya va xorijdan 320 nafardan ortiq mutaxassis qatnaşdi. «Yadro yoqilğisi, issiqlik taşuvçilar va yangi materiallar» seksiyasida Rossiya mikrosferali yoqilğisini işlab çiqiş va sinaş haqida «NII NPO “LUÇ”» AJ boş direktorining ilm-fan böyiça örinbosari Andrey Mokruşin maʼlumot berdi.
Uç tuzilmali izotrop qoplamaga ega TRISO yoqilğisi gaz bilan sovitiladigan yuqori haroratli reaktorlar (VTGR) işlaşi uçun juda muhim. TRISO yonilğisining har bir mikrosferasi köp qatlamli himoya qoplamalariga ega yonilği özagidan iborat. Qoplamalar pirouglerod (PyC) va kremniy karbididan (SiC) tayyorlangan. Bu texnologiya yadro bölinişi mahsulotlarini hatto avariya holatlarida, 1600 °C gaça haroratda ham mikrosferalar içida uşlab qoliş imkonini beradi.

Bir qator sinovlar Rossiyada işlab çiqilgan TRISO yonilğisi konsepsiyasining işlaşini tasdiqladi. Mutaxassislar 13 ta reaktor tajribasini ötkazdi. Ular yoqilğining odatiy ekspluatatsiya şaroitlarida - 1200 °C da, şuningdek, avariya rejimlariga xos 1600 °C haroratda özini qanday tutişini tekşirdi.
«Reaktor sinovlari davomida yonilğining yonib sarflaniş darajasi taxminan 13,0% t.a.ga yetdi», - deya taʼkidladi Andrey Mokruşin.

Endi mutaxassislar eksperimental namunalar bilan işlaşdan tajriba-sanoat texnologiyasini yaratişga ötdi. Gaz bilan sovitiladigan yuqori haroratli reaktorlar uçun yonilği işlab çiqariş tajriba liniyasi «NII NPO “LUÇ”» AJ maydonida taşkil etildi. Loyihada «Rosatom»ning boşqa taşkilotlari, şuningdek, Rossiyaning uskuna işlab çiquvçilari va yetkazib beruvçilari ham iştirok etadi. Tajriba liniyasining işlab çiqariş quvvati yiliga 250 000 ta yoqilği kompaktini taşkil etadi.












