AQŞ prezidenti Donald Tramp Jo Baydenning maxfiy hujjatlardan foydalaniş imkoniyatlarini çekladi. Bu haqda Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoği orqali ma’lum qildi.
«Jo Bayden maxfiy ma’lumotlarni olişda davom etişiga heç qanday ehtiyoj yöq. Şu bois biz Jo Baydenning ruxsatnomasini çaqirib olamiz va har kuni uning uçun ötkaziladigan razvedka masalalari böyiça brifinglarni töxtatamiz», — deydi AQŞning amaldagi prezidenti.
Donald Tramp maxsus prokuror Robert Xurning Baydenni xotirasida muammolar borligi keltirilgan hisobotiga asoslanib şunday yöl tutmoqda. «Jo, sen böşatilding. Amerikani yana buyuk qilamiz!» — deb yozadi Tramp.
Xurning hisoboti bir yil oldin Baydenning garajidagi ombor va Deleverdagi uyidan vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlardan biri topilganidan keyin boşlangan edi. Tintuvlar davomida demokratning sobiq kabinetidan Amerika razvedkasining hisobotlari va Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga taalluqli brifing materiallari topilgan.
Xurning ta’kidlaşiça, Bayden maxfiy hujjatlarni vitse-prezidentlik muddati tutaganidan keyin ham saqlab kelgan va bu harakat «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid uyğotadi». Ammo u demokratga ayblov e’lon qilmagan. Maxsus prokurorga köra, Bayden sud hay’ati qarşisida özini «xotirasi yomonlaşgan keksa inson sifatida namoyiş etişi mumkinligi sabab» uni javobgarlikka tortiş qiyin böladi.
Donald Trampning öziga nisbatan 2022 yilda Mara-Lago qarorgohidan maxfiy hujjatlar topilganida mas’uliyatsizlik böyiça jinoyat işi qözğatilgandi. Ammo u prezident etib saylangaç barça jinoyat işlari töxtatildi, ularning ikkitasi tergovi bilan şuğullangan maxsus prokuror Jyek Smit esa iste’foga çiqdi.












