Vayssenxausda şaxmat böyiça mukofot jamğarmasi 750 ming dollar bölgan nufuzli turnir bölib ötmoqda.

Tay-bryyekning birinçi uçraşuvida Sindorov ğalaba qozondi. Ikkinçi partiyani oq donalarda ötkazgan Javohir yana Nakamurani mağlub etdi.

Javohir Sindorov Freestyle Chess Gram Slam turnirining 1/2 finaliga yöl oldi.

Şuningdek, yana bir çorak final öyinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni mağlub etdi.

Sindorov endi 1/2 finalda boşqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarşi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-örin uçun kuraşni davom ettiradi.

Eslatib ötamiz, dekabr oxirlarida rossiyalik şaxmatçi Yan Nepomnyaşçiy va sobiq jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen blits böyiça jahon çempionati (JÇ) ğolibi bölgandi.