Donald Tramp ma’muriyati Yevropadagi hamkorlariga muzokaralar stolidan joy beriş maqsadida Ukrainadagi uruşni tugatiş rejasini töxtatib qöydi. Bu haqda 10 fevral, duşanba kuni The Telegraph naşri xabar qilib, AQŞ prezidentining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog tinçlik rejasini yakunlaşdan oldin NATO ittifoqçilari bilan individual muzokaralar ötkazişga va’da berganini ta’kidladi.

NATO mamlakatlari «boş vazirlari va prezidentlari» bilan muzokaralar çoğida u Kiyev va Moskva örtasida mumkin bölgan tinçlik kelişuvi şakli va Yevropa davlatlari bu jarayonga qanday hissa qöşişi mumkinligi haqidagi fikrlarini biliş niyatida, degan u yevropalik diplomatlarga.

General Kellog 14—16 fevral kunlari bölib ötadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina böyiça tinçlik rejasining alohida elementlarini taqdim etişga va’da berdi, deb yozadi The Telegraph. Avvaliga Amerikaning uruşni tugatiş rejasi Myunxenda taqdim etilişi kutilgandi, biroq Trampning maxsus vakili keyinroq buni rad etdi. Bloomberg agentligiga köra, Kellog Trampga yaqin haftalarda Ukrainadagi uruşni tugatiş variantlarini taqdim etişi kutilmoqda.

Yevropaga safari davomida Kellog konferensida iştirok etişdan taşqari, Kiyev va boşqa Yevropa poytaxtlariga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.

Uolts: AQŞ Ukraina xavfsizligi kafolatlarini Yevropaga yuklaydi

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari kelasi hafta yevropalik amaldorlar bilan uçraşib, Ukrainadagi keng kölamli uruşni tugatiş yöllarini muhokama qiladi. Bu haqda 9 fevral kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uoltsga tayanib, Associated Press xabar berdi. Uoltsga köra, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Xegset, vitse-prezident Jyey Di Vens hamda AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog Yevropaga safar qiladi.

Şu kuni Mayk Uolts NBC telekanaliga bergan intervyusida aynan Yevropa Ukrainaga uruş tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini berişi kerakligini, AQŞ esa Kiyevga harbiy yordam uçun sarflagan xarajatlarini qoplaş niyatida ekanini aytdi. «Biz bu xarajatlarni qoplaşimiz kerak va bu ukrainaliklar bilan nodir metallar, tabiiy resurslar, neft-gaz va bizning resurslarimizni sotib oliş böyiça hamkorlik böladi», dedi Tramp maslahatçisi.

AQŞ prezidenti «uruşni tugatiş» va «barça tomonlarni», jumladan Xitoy, Hindiston va Yaqin Şarqni muzokaralarga jalb etiş niyatida, deya ta’kidladi Uolts. Şuningdek, u, agar Moskva muloqotdan boş torsa, Tramp Rossiyaga qarşi «soliqlar, tariflar, sanksiyalar» joriy etişdan qörqmasligini qöşimça qildi.