Kreml Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir kun avval e’lon qilgan yer almaşinuvi ehtimolini rad etdi.
«RIA Novosti» xabariga köra, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidentining hududlar almaşinuvi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
«Rossiya öz hududlarini almaşiş masalasini heç qaçon muhokama qilmagan va muhokama qilmaydi, buning iloji yöq», dedi Peskov. Şuningdek, u «Ukraina harbiy qismlari Rossiya hududidan çiqarib yuboriladi yoki yöq qilinadi», deb qöşimça qildi.
Avvalroq, Zelenskiy uruşni tugatiş uçun Rossiya bilan töğridan-töğri hududlar almaşinuviga rozi ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, agar AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga ötqaza olsa, u holda Kiyev Moskvaga Kursk viloyatidagi bosib olingan yerlardan voz keçib, töğridan-töğri hududlar almaşinuvini taklif qilişi mumkin.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu imkoniyatni rad etdi.
Ukraina Rossiyaning Kursk viloyati bir qismini 2024 yil avgust oyidan beri uşlab turibdi.













