AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Ukrainaga Rossiya tajovuziga qarşi turiş uçun körsatgan köp milliardlik yordamlari evaziga tabiiy resurslardan foydalaniş körinişida kompensatsiya olişi lozimligini aytdi. Bu vaqtda esa, ğarb naşrlariga köra, amerikalik diplomatlar uruşni yakunlaş rejasi ustida işlaşda davom etmoqda, ammo Oq uyning yangi ma’muriyatining aniq takliflari böyiça hamon ma’lumot yöq. BBC Trampning Ukraina haqidagi sönggi sözlari va ularga reaksiyalarni jamladi.
Tramp Ukraina tabiiy resurslari haqida nimalar dedi?
AQŞ prezidentining Ukraina töğrisidagi sönggi şov-şuvli bayonotlari Fox News telekompaniyasiga intervyusida yangradi.
Intervyu New York Post tabloidida Tramp göyoki Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti ötkazgani haqida çiqqan xabar ortidan efirga ketdi. Keyinroq Tramp çindan ham Putin bilan aloqada bölib turganini tan oldi, ammo ular aynan qaçon gaplaşgani — inauguratsiyagaça yoki undan keyinligi — mavhum qoldi.
Fox News savollariga javob berarkan, Tramp uruş davrida körsatilgan yordam evaziga Ukrainaning foydali qazilmalaridan foydalaniş imkoniga ega bölişni istaşini bildirgan. Şu bilan birga, u Ukraina va Rossiya qarama-qarşiligi tomonlardan istalgan birining ğalabasi bilan yakunlanişi mumkinligi va tinçlik bitimini tuzişga erişilişi yoki yöqligini aniq ayta olmasligini bildirgan.
«Ular [ukrainlar] kelişib olişi ham mumkin, kelişa olmasligi ham mumkin. Ular kun kelib Rossiyaning bir qismiga aylanişi ham mumkin, aylanmasligi ham mumkin, — degan Tramp Ukraina haqida. — Ammo u yerda pullarimiz bor va men ularni qaytarişni istayman».
Trampning sözlariga köra, «Ukraina hududi yer ostidagi noyob metallar, neft va gaz nuqtayi nazaridan ulkan ahamiyatga ega». «Men pullarimiz himoyalangan bölişini istardim, çunki biz yuzlab milliard dollar sarflayapmiz», — deya qöşimça qilgan Tramp.
Fox News uçun intervyuda Tramp Ukraina va AQŞ örtasida tabiiy resurslardan foydalaniş böyiça taklif etilgan kelişuv summasini 500 mlrd dollarga baholagan. «Men ularga, masalan, 500 milliard dollarga teng noyob yer elementlari kerakligini aytdim. Ular bunga rozi bölişdi, şuning uçun heç bölmaganda özimizni ahmoqdek his qilmaymiz», – dedi Oq uy rahbari.
New York Post tabloidining Tramp va Putin örtasidagi «telefon muloqoti» töğrisidagi şov-şuvli xabarida esa 500 mln dollarlik kelişuv haqida gap ketadi, ya’ni bir neçta nol kam, ammo kimdir (yoki naşr jurnalisti, yoki Trampning özi) şunçaki raqamlarni çalkaştirib yuborgan bölişi mumkin.
AQŞ Davlat departamentining 2025 yil 20 yanvardagi ma’lumotiga köra, ya’ni Tramp inauguratsiyasi arafasida, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini davrida AQŞ Ukrainaga taxminan 69,2 mlrd dollarlik yordam körsatgani keltirilgan.
Şu bilan birga, Amerikaning xalqaro munosabatlar böyiça nufuzli tahliliy kengaşi (Council on Foreign Relations) amerikaliklarning Ukrainaga keng kölamli uruş boşidan buyon jami yordamini 175 mlrd dollarga baholagan.
Zelenskiy qanday reaksiya qildi?
Tramp Ukraina tabiiy resurslaridan foydalaniş ğoyasi haqida 10 kunça oldin Oq uyda muxbirlar bilan muloqot vaqtida ham gapirgandi. Ötgan vaqt içida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu taklifga javob berdi va yaqinda Reuters agentligiga bergan intervyusida bu borada AQŞ bilan hamkorlik qilişga tayyorligini aytdi.

Zelenskiy ukrain tabiiy resurslari haqida Kiyevning uruşni yakunlaş böyiça strategiyasi sanalgan «Ğalaba rejasi»da ham söz borganini eslatgan. Kiyev bu rejani ötgan yil oxiridayoq Trampga hamda oldingi prezident Jo Bayden ma’muriyatiga taqdim etgandi.
Şu bilan birga, Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina AQŞdan ukrain konlariga investitsiya kiritişini kutmoqda va mamlakat dunyoning boşqa köplab davlatlaridan farqli ölaroq Amerika kompaniyalari ulardan foydalaniş imkoniyatini berişga tayyor.
«Men unga dedim: „Bu juda boy zamin. Bizda foydali qazilmalar bor“, — degan Zelenskiy Tramp bilan oxirgi muloqoti haqida gapirib. — Bu biz ularni kimgadir beramiz degani emas. Hatto strategik hamkorlarga ham. Gap hamkorlik haqida bormoqda, şuning uçun biz strategik hamkorlarmiz. Ya’ni pul qöying, marhamat investitsiya kiriting, öz kompaniyalaringizni çaqiring. Kelinglar, buni birgalikda işlab çiqaraylik, pul qilaylik».
Zelenskiy Ukrainaning köplab qazilma boyliklari harbiy texnologiyalar nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga egaligini qöşimça qilgan. Şuning uçun, Ukraina prezidentining sözlariga köra, ularni hujum uçun foydalanişi mumkin bölgan Rossiya emas, balki Ğarb davlatlari olişi muhimdir.
Noyob yerosti elementlari nima va ular Trampga nega kerak?
Noyob yerosti elementlariga elektronika, şuningdek, elektr motorlar işlab çiqarişda foydalaniladigan 17 metall guruhi kiradi. Nomiga qaramay, bu metallar Yer böylab keng tarqalgan, ammo ularni bir joyda töplangan holda topiş va özini oqlaydigan darajada ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyiş ança muşkul.

Reuters qayd etişiça, Tramp nafaqat uşbu moddalarni, balki umuman muhim minerallarni, ya’ni zamonaviy sanoatning asosiy tarmoqlari uçun katta ahamiyatga ega bölgan foydali qazilmalarni nazarda tutgan bölişi ham mumkin.
Agentlik Ukrainada uran, litiy va titanning katta zaxiralari mavjudligini eslatgan, biroq ular dunyodagi eng katta zaxiralar qatoriga kirmaydi — AQŞning özida ham şu va boşqa muhim minerallarning zaxiralari mavjud.
Bloomberg agentligi şarhlovçisi Mark Çempion yaqinda yozganidek, Zelenskiy özining «Ğalaba rejasi»ga Ukraina tabiiy resurslarini bölişiş haqidagi qismni aynan «asosiy yondaşuvi „sen menga — men senga beraman“ körinişida bölgan Trampga ma’qul kelişi uçun» kiritgan.
«Ukraina Tramp aytganidek noyob yersoti metallariga emas, balki faqat litiy, marganets, titan va urangagina boyligi muhim emas. Amerika prezidenti detallarga e’tiborli emas», — deya yozadi Çempion.
Bundan taşqari, Zelenskiy ham, Ğarb şarhlovçilari ham eslatganidek, Ukraina tabiiy resurslarining katta qismi Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan hududlarda joylaşgan. Şu sababli, ulardan foydalaniş istiqbollari umuman noaniq bölib qolmoqda — va davom etayotgan uruş şaroitida imkonsiz.
Taniqli ukrainalik siyosatşunos va jurnalist Vitaliy Portnikovning taxmin qilişiça, Tramp öz saylovçilariga Vaşington Kiyevni nega qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerakligini körsatiş maqsadida Ukraina tabiiy resurslari haqida gapirgan.
Portnikovning eslatişiça, saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp Ukrainaga Amerika mablağlari ajratilişini bir neça bor tanqid qilgandi.
«Agar [Tramp] Putin Rossiya-Ukraina uruşini uzoq yillar davom ettirişga tayyorligini tuşunsa va bu vaziyatda Ukrainaga yordam berişdan boş tortiş Oq uy uçun aniq siyosiy mağlubiyat böladi, unda u heç bölmaganda unga ovoz bergan va „şamolga sovurilayotgan pullar“ haqidagi sözlariga işongan amerikaliklarga Ukrainaga yordamni davom ettiriş va köpaytirişni qanday tuşuntirişi kerak?» — deya savol qöyadi Portnikov.
«Mana endi tuşunib yetdik. Gap hatto Amerika prezidentining Rossiya pozitsiyasiga munosabati haqida emas, balki amerikaliklar kelajakda Amerika iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun strategik ahamiyatga ega bölgan konlarga kiriş uçun Ukrainaga yordam berayotgani haqida bölişi mumkin», — deb hisoblaydi ekspert.
Vaşingtonning «tinçlik rejasi» haqida nimalar ma’lum?
Tramp ukrainlarning foydali qazilmalari haqida öz ma’muriyati vakillari Ukraina bilan muzokaralarga, jumladan, 14 fevral kuni oçiladigan xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasiga tayyorgarlik körayotgan mahalda gapirmoqda.

Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi yozişiça, Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog konferensiyada uruşni yakunlaş böyiça öz takliflarining elementlarini taqdim etişi mumkin (lekin u bungaça «tinçlik rejasi» faqat AQŞ prezidentining özi tomonidan e’lon qilinişi kerakligini aytgandi). Kellog Myunxendan keyin Kiyevga ham safar qiladi.
CNN va Bloomberg öz manbalariga tayanib, Kellog öz rejasini şu hafta davomida Trampga taqdim etişini xabar qilgan.
Saylovlardan keyinoq Tramp Putinni harbiy harakatlarni töxtatişga çaqira boşlagan va agar u bunga könmasa, Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilgandi.
Kellogning rejasi tarkibi böyiça işonçli ma’lumotlar yöq, ammo matbuotda quyidagiça versiya aylantirilgan:
- Daily Telegraph xabariga köra, gap nodir yer resurslaridan foydalaniş evaziga Ukrainaga harbiy yordam körsatişni davom ettiriş haqida ketayotgan bölişi mumkin (prezident Zelenskiy, avval aytilganidek, buni qöllab-quvvatlaydi.)
- CNN ham agar öt oçiş töxtatilib, tinçlik muzokaralari boşlansa, Ukraina köproq harbiy yordam olişi mumkinligini yozmoqda. Şundan söng, bu ma’lumotlarga köra, Yevropa tinçlikparvar kuçlari front çiziğida paydo bölişi mumkin. (Zelenskiy hozirça öt oçişni vaqtinça töxtatişga qarşi, çunki bu Rossiyaga hujumga yaxşiroq tayyorgarlik köriş imkonini beradi va xavfsizlik kafolatlarini bermaydi, deb hisoblaydi)
- Kellog, şuningdek, sulh davrida Ukrainada prezidentlik saylovlarini ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatlagan. CNN’ga köra, AQŞ şu yöl bilan Zelenskiyning prezidentlik lavozimidan ketişiga zamin hozirlaşi, şu tariqa „bitimni jozibali qilişi va Kremlni muzokaralarga jalb qilişi“ mumkin. (Zelenskiy yakşanba kuni ITV telekompaniyasiga bergan intervyusida uruş tugamagunça saylovlarni doimiy asosda ötkazişga qat’iyan qarşi çiqdi: uning fikriça, bu Ukraina armiyasini yöq qiladi va Rossiyaning pozitsiyasini mustahkamlaydi).
- Ğarb naşrlaridagi materiallar mualliflari ta’kidlaşiça, tinçlik uçun asosiy tösiqlardan biri Rossiyaning pozitsiyasi bölib qolmoqda, u hozirça harbiy harakatlarni töxtatiş uçun sabab körmayapti. «Hozir [Kreml] jang maydonida ğalaba qozonmoqda — bu tez sodir bölmasa-da, uning qöşinlari oldinga siljimoqda», — deb yozadi CNN bu borada.













