12 fevral kuni Irina Viner badiiy gimnastika böyiça Rossiya terma jamoasi boş murabbiyi lavozimidan ketişini e’lon qildi, u 24 yil davomida terma jamoani boşqardi. Avvalroq, BBC uning Olimpiya çempioni va öz gimnastika akademiyasining asosçisi, Vladimir Putinning hamrohi deb ataladigan Alina Kabayeva bilan mojarosi haqida yozgan edi.

Viner öz qarori sabablarini izohlamadi va faqat öz oldida «yangi, bundan kam bölmagan muhim vazifa – nafaqat çempionlarni tayyorlaş, balki töplangan tajribani kelajak avlod yulduzlarini tarbiyalaydigan murabbiylarga beriş» borligini aytdi.

Badiiy gimnastika böyiça Rossiya terma jamoasining yangi boş murabbiyi kim bölişi hozirça ma’lum emas.

Irina Viner 76 yoşda va 2001 yildan beri badiiy gimnastika böyiça Rossiya terma jamoasiga murabbiylik qildi. Uning şogirdlari orasida Alina Kabayeva, Yuliya Barsukova, Irina Çaşçina, Margarita Mamun kabi bir qança Olimpiya çempionlari bor. 2015 yilda sport sohasidagi xizmatlari uçun «Mehnat Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan, 2024 yil may oyida «Vatanga xizmatlari uçun» ordeni kavaleri bölgan.

Vladimir Putin va Irina Viner

Irina Viner 30 yil davomida milliarder Alişer Usmonovning rafiqasi edi, ular 2022 yilda ajraşdi. U «Yedinaya Rossiya» partiyasi a’zosi va bir neça bor saylovlarda Vladimir Putinning işonçli vakili sifatida işlagan.

2025 yil yanvar oyida BBC naşri Viner va uning sobiq şogirdi, Olimpiya çempioni, hozir murabbiy va badiiy gimnastika böyiça özining «Nebesnaya gratsiya» akademiyasi asosçisi Alina Kabayeva örtasidagi mojaro haqida xabar bergan edi.

Kabayeva - Rossiya elitasining jamiyatdagi eng yopiq vakillaridan biri. Sport karerasini tugatgandan söng u Davlat Dumasi deputati bölgan va 2014 yildan beri «Natsionalnaya mediagruppa» direktorlar kengaşini boşqaradi (bir neçta telekanallar va boşqa ommaviy axborot vositalariga, şu jumladan «Pervyy kanal»dagi uluşga ega) va jurnalistlarning fikriga köra, Vladimir Putinning yaqin odamlari doirasiga kiradi.

The Wall Street Journal naşri va Rossiyaning «Dose» markazi ma’lumotlariga köra, Kabayeva Putinning eng kiçik farzandlari onasi: turli manbalarga köra, ularning ikki yoki uç nafar öğli bor.

Vladimir Putin va Alina Kabayeva

Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Şveytsariya va Avstraliya tomonidan Kabayevaga qarşi sanksiyalar joriy etildi va u Rossiya prezidenti bilan «yaqin munosabatlarga ega ekani» bilan izohlandi.

2013 yilda Lyudmila Putina bilan ajraşgan Vladimir Putin heç qaçon Kabayeva bilan yaqin munosabatini tan olmagan. Kreml, şuningdek, ularning farzandlari borligini rad etadi.

Uç yil oldin Kabayeva «Sirius» klasterida (u 2014 yilda Vladimir Putin taşabbusi bilan taşkil etilgan) özining «Nebesnaya gratsiya» badiiy gimnastika uyuşmasi va akademiyasini taşkil qildi. Şundan söng Kabayeva yana jamoatçilikka köriniş bera boşladi.

«Nebesnaya gratsiya» akademiyasi alohida maqomga ega bölib, öz qoidalari böyiça musobaqalar ötkaziş, umumiy qoidalarni işlab çiqişda iştirok etiş, sportçilarni neytral maqomda xalqaro musobaqalarga yuboriş va boşqa huquqlarga ega.

2024 yil iyul oyida Qozon şahrida bölib ötgan BRICS sport öyinlarida Kabayeva akademiyasi sportçilari alohida jamoa bölib, ya’ni alohida davlat vakillari maqomida iştirok etdi.

Alina Kabayeva va Irina Viner

Öyinlar davomida Kabayeva va Viner örtasida oşkora mojaro yuzaga keldi, bunga gimnastikaçilari çiqişlarini baholaş sabab böldi. Uning mohiyati badiiy gimnastika böyiça boş hakam Aysel Gasanovaning sport vaziri Degtyarevga yöllagan maktubidan ma’lum böldi. Uning versiyasiga köra, hakamlar Viner bilan boğliq bölgan sportçilarning ballarini oşirib yuborgan va boşqalarning, şu jumladan «Nebesnaya gratsiya» jamoasi ballarini pasaytirgan.

Natijada, BRICS öyinlarida köpkuraş böyiça birinçi örinni Viner murabbiyligidagi Lala Kramarenko, ikkinçi örinni «Nebesnaya Gratsiya» jamoasi gimnastikaçisi Mariya Borisova egalladi.

Viner ham, Kabayeva ham voqea haqida oçiq izoh bermadi.

Irina Viner va Alina Kabayeva örtasidagi mojarodan söng, Sport vazirligi Viner 15 yil davomida boşqargan Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasini tugatişga qaror qildi. Bundan taşqari, Putin Vinerni Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş kengaşidan çiqarib taşladi va uning örniga «Nebesnaya gratsiya» ijroçi direktori Marina Şpext tayinlandi. Şundan söng Vinerga faqat bitta lavozim qolgan edi: terma jamoa boş murabbiyi.