Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi örinbosari Rustam Saparbayev, “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB mas’ul xodimi Dilşod Umarov va boşqalar sözga çiqişib, ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, Qoraqalpoğistonda bu yönalişda yaratilgan imkoniyatlar haqida töxtaldi.

Ilk bor ötkazilgan forum qoraqalpoğistonlik ayol tadbirkorlar uçun öziga xos muloqot maydoniga aylandi. Tadbirda ular tomonidan biznesni rivojlantirişga doir yangi takliflar va yangi biznes ğoyalar örtaga taşlandi.

Iştirokçilarga “Biznesni rivojlantiriş banki” tomonidan biznes uçun taklif etilayotgan yangi mahsulotlar va xizmatlar, “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturi doirasida joriy etilgan moliyaviy instrumentlar haqida axborot berildi.

Tadbirda iştirok etgan Yamagata universiteti professorlari Omata Şinji va Tanabe Xiroyuki Yaponiyaning kiçik biznesni rivojlantiriş tajribalari hamda KAIZEN va LEAN uslublaridan foydalanib biznes yuritiş borasidagi tajribalari bilan bölişdi.

Forum doirasida bank moliyaviy kömagida öz biznesini yölga qöygan xotin-qizlarning işlab çiqariş va hunarmandçilik mahsulotlari körgazmasi taşkil etildi. Unda 30 nafarga yaqin hunarmand va tadbirkor ayollarning mahsulotlari namoyiş etildi.

Tadbir yakunida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB va Yamagata universiteti hamkorligida taşkil etilgan U-HOPE öqitiş dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 2-avlod trenerlari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uçun, “Biznesni rivojlantiriş banki” 2024 yilda ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş maqsadida 18 866 nafar xotin-qiz uçun 919 mlrd 800 mln moliyaviy mablağ ajratgan. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1 868 nafar ayol tadbirkorlar 122 mlrd 900 mln söm miqdorida moliyalaştirilgan. Natijada 3 862 ta yangi iş örni yaratildi.