Tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlaşga qaratilgan tört bosqiçli dasturning bu galgi öquvlariga “Biznesni rivojlantiriş banki” ATBning 30 nafar xodimi va Qoraqalpoğiston Respublikasidan 50 nafar yoş tadbirkor jalb qilindi.
Ta’kidlaş lozimki, loyiha doirasidagi ta’lim jarayoni Yaponiyaning 12 nafar yetakçi ekspertlari tomonidan olib boriladi. Xususan, Yamagata universiteti Tadbirkorlik ta’limi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadaşi Onodera ham bevosita maşğulotlar olib bormoqda.

Uşbu loyiha 60 soatlik ta’lim: ma’ruzalar, amaliy maşğulotlar, jamoaviy iş va onlayn darslarni öz içiga oladi. Bunda asosiy yönalişlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovatsiyalar, biznes-modellar işlab çiqiş, hududiy muammolarni yeçişdan iborat.

Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovçilar yapon ekspertlari bilan ekologiya, raqamli transformatsiya (DX), sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş hamda kadrlar tayyorlaş böyiça keys-stadilar ustida birga işlaş imkoniga ega. Olingan bilimlar esa Qoraqalpoğistondagi dolzarb muammolarni yeçişga qaratilgan aniq biznes-loyiha işlab çiqiş asosida amaliy maşğulotlar orqali mustahkamlanadi.

Ta’lim dasturi quyidagilarni öz içiga oladi:
• Kaizen (kaydzen) — doimiy takomillaşuv falsafasi.
• Lean Management — resurslarni tejaş va samarali işlaş usuli.
• Ikigai (ikigay) — şaxsiy va kasbiy maqsadni topiş, hayotiy muvozanat.
• Kanban (kanban) — zamonaviy loyihalarni boşqariş tizimi.
• Yapon kompaniyalari tajribasi (Case study) — kiçik biznes orqali ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yeçiş namunasi.
• Ijtimoiy tadbirkorlik va “kollektiv ta’sir” — daromad bilan birga ijtimoiy muammolarni ham hal qiliş.
• Digital Transformation (DX) — kiçik biznesni raqamli texnologiyalar bilan rivojlantiriş.
• Green Business & Sustainable Agriculture — ekologik biznes-modellar va organik qişloq xöjaligi.

Eng asosiysi, uç kunlik maşğulotlar orqali Özbekistonda birinçi milliy mentorlar tarmoğini şakllantiriş, yoşlar startaplari va hududiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etişga Yapon tajribasini joriy qiliş hamda kelgusida taşkil etiladigan Özbekiston-Yaponiya Oliy biznes maktabi uçun asos yaratişga erişiş maqsad qilingan.

Bir söz bilan aytganda, Qoraqalpoğistondagi xalqaro mentorlar ta’limi bu – yangi avlod yetakçilarini tayyorlaş sari muhim qadam bölib, ular nafaqat biznes qiladi, balki innovatsiyalar orqali ijtimoiy muammolarni hal etadi.

“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026 yil fevralida bölib ötişi közda tutilgan.
Reklama huquqi asosida











