Samarqandda noqonuniy mayning faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinişini foş etişga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Samarqand şahridagi «S.M.» oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qaraşli mebel sexi ustasi A.N. sexni özboşimçalik bilan tarmoqqa ulab, mayning bilan şuğullanib kelgani aniqlangan.
Natijada, ular jami 1,8 milliard sömlik elektr energiyasi öğirlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyida Samarqand viloyati Iştixon tumanida 28 milliard sömlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangan edi. Oilaviy korxonaga qaraşli bino yon qismida joylaşgan yertölada 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagiçdan taşqari tarmoqqa töğridan töğri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.












