Prezident Şavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy taşrifi çoğida ikki mamlakat yetakçilari qöşma bayonot qabul qildi.
Al-Kuvayt şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Şayx Miş’al As-Saboh Özbekiston-Kuvayt keng qamrovli şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş töğrisida qöşma bayonotni imzoladi.
Şuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Sanoat sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Havo qatnovi töğrisidagi bitimga bayonnoma;
- Mehnat sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- «Aqlli» şaharlarni barpo etiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Turizm sohasida 2025-2027 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi;
- Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamğarmasi bilan hamkorlik töğrisida bitim.












