Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Pekin Rossiya va AQŞ örtasida Ar-Riyodda «yaqinda erişilgan konsensus»ni qöllab-quvvatlaşini aytdi. Bu Xitoyning yuqori martabali vakilining Rossiya-AQŞ muzokaralari böyiça birinçi izohidir.

«Xitoy tinçlikka erişişga qaratilgan barça sa’y-harakatlarni, jumladan, yaqinda Qöşma Ştatlar va Rossiya örtasida erişilgan konsensusni qöllab-quvvatlaydi va tomonlar özaro xavotirlarni bartaraf etadigan barqaror va uzoq muddatli yeçim topişini kutadi. Xitoy tomonlarning sörovlariga muvofiq va xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, global Janubning xavotirlarini hisobga olgan holda inqirozni siyosiy yöl bilan hal qilişda bundan keyin ham konstruktiv rol öynaşga tayyor», — deyiladi Van Ining bayonotida.

Vazir Pekin XXR raisi Si Jinping 2024 yil aprel oyida ta’riflagan törtta tamoyilga muvofiq «tinçlikni faol tarğib etayotgani»ni ta’kidlagan. Ular «tinçlik va barqarorlikni saqlaş», uruşning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumşatiş va kamaytiriş, ta’minot zanjirlarini uziş zarurligi haqida.

Van I Yoxannesburgdagi G20 sammitida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uçraşgandi. Rossiya taşqi siyosat idorasi ta’kidlaşiça, uçraşuvda Ukraina mavzusi ham muhokama qilingan, biroq heç qanday tafsilotlar keltirilmagan.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 21 fevral kuni Vladimir Putin yaqin vaqtlar içida telefon orqali Si Jinping bilan muloqot qilişini bildirdi.

Ğarb sanksiyalari tufayli ularga qöşilmagan Xitoy Ğarb bozorlari va texnologiyalaridan mahrum bölgan Moskva bilan savdo aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlaşga muvaffaq böldi. Ba’zi tahlilçilar fikriça, Donald Tramp ma’muriyati Xitoyni tiyib turiş böyiça global strategiyasi doirasida Rossiyaning Xitoy bilan aloqalarini zaiflaştiriş uçun Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaş yölini tutgan.