Angliya: hozirgi «Siti» — Slot jamoasiga teng raqib emas
«Mançester Siti» — «Liverpul» 0:2
Gollar: Saloh (14), Soboslai (37).
«Mançester Siti» — Ederson, Lyuis, Husanov, Ake (Diaş, 77), Gvardiol, Niko (Kovaçiç, 78), de Bryuyne (Makeyti, 66), Savinio, Doku, Foden, Marmuş (Gundöğan, 77).
«Liverpul» — Alisson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Kvansa, 90+2), Roberson (Tsimikas, 74), Gravenberh, Mak Allister, Soboslai, Dias (Gakpo, 79), Jons (Endo, 74), Saloh (Elliot, 90+2).
Holand jarohatlanib safdan çiqqaniga qaramay, turning markaziy uçraşuviga «Siti» yetarliça hujumkor tarkibda tuşdi. Oldingi çiziqda bir vaqtning özida Marmuş, Doku, Savinio, Foden va De Bryuynega joy topildi. Bunday vaziyatda Gonsales tayanç zonasida yolğizdek körindi. «Liverpul»da esa ilk daqiqalardan Jons harakatlandi, u Soboslai bilan birgalikda ikki «önlik»dan biri böldi. Nominal markaziy forvardlar Gakpo va Nunes zaxirada qoldirildi, ularning örniga tuşirilgan Dias köproq çaproqda harakat qildi.
Dastlabki 13 daqiqa davomida muxlislar nisbatan teng öyinga guvoh bölişdi, keyin esa mehmonlar burçak zarbasi ijro etiş huquqiga ega bölişdi va öylangan kombinatsiyani amalga oşirişdi. Yerlatib ikki pas berildi — va Saloh darvoza qarşisida qulay pozitsiyada paydo böldi va kiçik rikoşet orqali darvozani işğol etdi. Soboslai orqaça turgan holda assist berdi, bu vaqtda esa Konate va van Deyk Saloh böş hududga ega bölişi uçun raqib himoyaçilarini özi bilan darvoza tomon olib ketişdi. Bu misrlik hujumçining «Siti» darvozasiga urgan 14-goli böldi va u Stiven Jyerrardning bu boradagi rekordini takrorladi.

«Siti» öyinning köproq vaqtida töpga egalik qildi va köproq zarba yölladi (öyin oxirigaça 16:8, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça 5:4), ammo vaziyatlar yaqqol golli bölmadi. Marmuş darvozani işğol etdi, ammo uning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. «Liverpul» çuqur himoyaga yotdi va raqibni qarşi hujumlarda jazolaşga harakat qildi. Mehmonlar uçun faqat Doku va Trentning qarama-qarşiligi böldi, belgiyalik vinger öyin davomida 19 bor dribling işlatdi va şundan 13 tasida muvaffaqiyatli harakat qildi, bu mavsumda bir öyin uçun eng yuqori körsatkiç. Ammo uning va jamoadoşlarining qanotlardan jarima maydoniga uzatmalari naf keltirmadi.
37-daqiqada esa «Siti»ning pressingi iş bermadi va «Liverpul» yana oldinda böş zonalarga ega böldi. Odatdagidek Trent Salohga uzun pas berdi va mersisaydliklar hujumda törtga tört holatiga ega bölişdi. Gvardiol ham, Ake ham Moga qarşilik körsata olişmadi va u jarima maydoni markazida oçilgan Soboslaini töp bilan ta’minladi, vengriyalik yarimhimoyaçida töpni öziga moslaş va zarba beriş uçun yetarliça vaqt böldi. Ederson sakrab ham ötirmadi — 0:2.

Ikkinçi bölimga «Siti» katta şaşt bilan tuşdi va hatto qaysidir pallalarda mehmonlar jarima maydoni qurşab olindi. Tanaffusdan köp ötmay, ikkala darvozabon ham bittadan seyv amalga oşirişga majbur böldi. Avvaliga Alison Doku yana bir bor Trentni aldab ötganidan keyin Marmuşning zarbasini öziga qabul qildi. Keyin Dias yöllagan zarbadan keyin Ederson özini körsatdi.
56-daqiqada «Liverpul» öyin masalasini hal qilgandek köringandi — Jons uçinçi golni urdi. Ammo uni Soboslaidagi ofsayd holati tufayli bekor qilişdi. Bu vaziyatda Husanov öz vaqtida ofsayd çiziğini uşlaşga ulgurgandi. Umuman olganda, özbekistonlik himoyaçi şu kuni jamoasidagi eng yorqin futbolçilardan biri böldi va bir neça vaziyatda jamoasini navbatdagi gollardan qutqardi. Squawka ma’lumotiga köra, Abduqodir Husanov töpni jamoasiga qaytariş böyiça APL 26-turidagi eng yaxşi natijani qayd etdi: u şu kuni 12 marta bu işni uddaladi.
Özbekistonlik himoyaçi qatorasiga ikkinçi öyinda (oldingisi YeÇLda «Real»ga qarşi) «Siti» himoyaçilari orasida eng yuqori ballni oldi:

Ikkinçi bölimning ikkinçi yarmi töliğiça «Siti»ning ustunligida keçdi va mezbonlar deyarli har daqiqada «Liverpul» jarima maydonida keskinlik yuzaga keltirişdi. Slot Jons örniga Endoni tuşirib, himoyani kuçaytirdi. Yaponiyalik tayanç yarimhimoyaçisisi muntazam ravişda himoya çiziğining beşinçi vakili bölib öynadi.
Lekin «Siti» töpga egalik qiliş böyiça katta ustunlikka erişganiga qaramay (66 ga 34), himoya devoridan öta olmadi. «Liverpul» hisobni uşlab qoliş uçun öynadi va maydonning uçinçi qismida çuqur himoyalandi, ayrim vaziyatlarda Saloh ham himoyaga yordam berdi. Slot jamoasi taktik jihatdan moslaşuvçanroq bölib çiqdi — «Siti» bilan taqqoslaganda ham, Klopp davridagi «Liverpul» bilan taqqoslaganda ham. Ikki gol ustunligi katta kuç sarflanmay saqlab qolindi.
Endi APL peşqadami eng yaqin ta’qibçisi «Arsenal»dan 11 oçkoga özib ketgan. Amalda faqat çempionlikni rasmiylaştirişgina qolgan. «Siti» esa Çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun ham köp ter tökişiga töğri keladi.
«Nyukasl» — «Nottinghem Forest» 4:3
Gollar: Mayli (23), Merfi (25), Isak (33 penalti, 34) — Hadson-Odoi (6), Milenkoviç (63), Yyeyts (90).
«Nyukasl» — Poup, Holl, Bern, Şer, Livramento, Uillok (Tonali, 70), Bruno Gimaraes, Mayli, Gordon, Merfi (Barns, 70), Isak (Uilson, 87).
«Nottinghem Forest» — Zels, Uilyams, Murillo, Milenkoviç, Ayna, Anderson (Sangare, 77), Dominges (Yyeyts, 76), Gibbs-Uayt, Hadson-Odoi, Elanga, Vud.
Ogohlantirişlar: Milenkoviç (45+2), Anderson (52), Livramento (55), Dominges (74), Yyeyts (90+2).
Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun da’vogar ikki jamoa öyini «Nottinghem» uçun sevimli ssenariyda boşlandi — birinçi bölimda gol ur va hisobga öyna. Ammo bu safar Nunu Eşpiritu Santuning retseptlari iş bermadi. «Nyukasl» qaysidir pallada öziga keldi, keyin esa «örmonçilar» mudofaasining öng qanotini parçalab taşladi. Ammo bundagi asosiy harakatlanuvçi kuç odatdagi kabi Gordon emas, balki himoyaçi Holl böldi, u ön daqiqalik benefis uyuştirdi.
Bu vaqt boşlanişida uşbu lateral hisobni tenglaştirgan Mayliga assistentlik qildi. Biroz ötib uning pasidan keyin rikoşet bölib yönalişini özgartirgan töp böş darvoza qarşisida qolgan Myorfiga yetib bordi. Nihoyat Hollning uzatmasidan keyin töp mehmonlar himoyaçisining qöliga tegdi va monitor qarşisiga borib vaziyatni körgan boş hakam penalti belgiladi.
Isak 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etib, APL tarixidagi eng yaxşi şvetsiyalik töpurarga aylandi. U Fredi Yungbergning natijasini yaxşiladi, keyin esa yangi plankani örnatdi — 50 gol. Unga bu natijaga erişiş uçun APLda 76 öyin yetarli böldi. Uning gollari «Nyukasl»ning ğalabasini ta’minladi, çunki «Nottinghem» oxirigaça kuraşdi va final huştagi çalinguniga qadar hisobni minimumgaça qisqartirdi. Jamoalarning turnir jadvallaridagi örinlari (uçinçi va beşinçi) özgarmay qoldi, lekin «Nyukasl» oradagi farqni uç oçkogaça qisqartirdi.

Ispaniya: Modriç 39 yoşida ham gol urmoqda
«Atletik» — «Valyadolid» 7:1
Gollar: Xauregisar (10), N.Uilyams (35, 66), Sannadi (43), Sanset (45+2), Guruseta (69), I.Uilyams (87).
«Atletik» — Unai Simon, Berçiçe, Paredes, Vivian, De Markos (Lekue, 75), Vesga, Xauregisar (Ruis de Galarreta, 64), Niko Uilyams (Kanales, 68), Sanset (Berenger, 68), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64).
«Valyadolid» — Heyn, Kandela (Maçis, 46), Peres, Torres, Aydu (Jyemert, 65), Sançes, Çuki (Moro, 46), Yuriç, Martin (Grilliç, 61), Silla, Markos Andre (Nikiçer, 68).
Ogohlantirişlar: Martin (44), Yuriç (46),
Çetlatiş: Yuriç (56), Vivian (79), de Galarreta (84).
Aytiş mumkinki, Ispaniyada hozirda çempionlik uçun kuraşayotgan «katta uçlik», «Atletik» va boşqa jamoalar bor. Ernesto Valverde Bilbaodagi faoliyati bilan yaxşi taassurot qoldirmoqda. Basklar tomoşabop öyin körsatmoqda, «Valyadolid»ga qarşi öyin esa Niko Uilyamsning benefisiga aylandi. Yakşanba kuni mezbonlar yettitadan ham köproq gol urişi mumkin edi, ammo hakam mehmonlarga rahm qilib, öyinni 90-daqiqadan oldinroq ham tugatib yubordi. Öynalgan vaqt davomida esa mezbonlar 16 bor darvoza sohasiga töğri borgan zarba yöllaşdi. Ispaniya çempionatida bunday körsatkiç 2023 yil aprelidan beri qayd etilmagandi, öşanda xuddi şu «Valyadolid» «Real» tomonidan öqqa tutilgandi (17 ta zarba).
«Real» — «Jirona» 2:0
Gollar: Modriç (41), Vinisius (83).
«Real» — Kurtua, Vaskes, Alaba (Kamavinga, 73), Asensio, Mendi, Çuameni, Modriç (Ryudiger, 85), Dias (Seballos, 73), Vinisius (Endrik, 90), Rodrigo, Mbappe.
«Jirona» — Gassaniga, Lopes, Kreyçiy, Blind, Martines, Romeu (Romero, 66), Martin (Xil, 66), Gutiyerres (Miovski, 75), Van de Bek (Artur, 56), Tsigankov, Danjuma (Asprilya, 66).
Ogohlantirişlar: Kreyçiy (64), Romero (70).
«Real»ning navbatdagi öyini arafasida madridliklar 39 yoşli Modriç bilan şartnomani 2026 yil yoziga qadar uzaytirmoqçi ekani haqida xabar tarqaldi. Yoşi tufayli köpçilik tomonidan allaqaaçon pensiyaga yuborilgan Luka esa hali yana bir bor jahon çempionatida öynamoqçi. Hozirça bu insayd qançalik töğri ekani noma’lum, ammo xorvatiyalik futbolçi töxtamoqçi emasligi körinib turibdi.
Qolaversa, uning «Jirona» darvozasiga uzoq masofadan aylantirib yöllangan aniq zarbasi — 2025 yil boşidan buyon törtinçisi böldi. Bu raqamni yanada aniqroq baholaş uçun bu oldingi ikki yilda urilgan şunday gollar sonidan ikki baravar köpligini keltiriş mumkin. Modriç sermahsullik böyiça Vinisius Junior bilan bir xil körsatkiç qayd etmoqda, braziliyalik vinger la ligada 2024 yil 9 noyabrdan buyon gol urmayotgandi (uning jamoa safidagi oxirgi goliga ham bir oy böldi — YeÇLning asosiy bosqiçida «Zalsburg»ga qarşi öyinda). U golsiz seriyasiga 83-daqiqada Mbappe bilan kombinatsiyadan keyin barham berdi va öyin taqdirini hal qildi.
25-turda kuçli uçlikdagi barça jamoalar uçtadan oçko jamğardi, bunaqasi esa doim ham kuzatilmaydi. Keyingi turda buni takrorlaş oson bölmaydi: «Real»ni «Betis»ga qarşi öyin kutmoqda, «Barselona» — «Sosedad», «Atletiko» — «Atletik» bilan öynaydi.

Italiya: «Napoli» inqirozda, «Atalanta» — skudetto uçun poygaga qaytdi
«Komo» — «Napoli» 2:1
Gollar: Rrahmani (7, avtogol), Diao (77) — Raspadori (17).
«Komo» — Byute, Valle, Kempf, Goldaniga, Smolçiç, Pas (Duvikas, 90), Strefetssa (Voyvoda, 90), Da Kunya (Engelhardt, 81), Perrone, Kakre (Kutrone, 72), Diao (Fadera, 81).
«Napoli» — Meret, Buonjorno, Rrahmani, Di Lorenso, Spinatssola, Maktominey, Lobotka (Okafor, 84), Billing (Zambo-Angissa, 62), Politano (Ngonj, 77), Raspadori, Lukaku (Simeone, 62).
Ogohlantirişlar: Pas (24), Di Lorenso (68), Maktominey (83), Simeone (87).
Bir kun oldin «Milan» darvozaboni Menyan töpni öz jamoadoşi Tşauga qarata tepib, kulgili avtogolga hammualliflik qilgandi. Bir kun ötib «Napoli» himoyaçisi Rrahmani unga raqobat körsatişni xohlab, orqaga qaramasdan darvoza tomon kuçli pas berdi, Meret esa bunga tayyor emasdi. Köp ötmay Lukakuning öyini çiqmagan kunlari öz gollari bilan jamoasi joniga ora kiradigan Raspadori hisobni tenglaştirdi, ammo şu kuni neapolitanliklar uyga bir oçko ham olib keta olmadi.
Qişda jamoani kuçaytira olgan Sesk Fabregas «Komo»ni yangi darajaga olib çiqmoqda. V seriyadan çiqqan debyutant ötgan turda «Fiorentina» maydonida ğalaba qozongandi, bu safar esa skudettoga da’vogarlardan birini mağlub etdi. Italiyaga oson moslaşayotgan «Betis» tarbiyalanuvçisi Assane Diallo bu öyinda ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Niko Pasning uzatmasidan keyin himoyaçilardan qoçib ketgan 19 yoşli forvard A seriyadagi sakkizinçi öyinida beşinçi golini urdi. Bu şu yoşdagi futbolçilar uçun top-5 ligalardagi eng yuqori sermahsullik.
Uşbu yoş futbolçi Kutroneni zaxirada qoldirmoqda va «Komo»ni xavfli zonadan olib çiqmoqda. «Napoli» esa qatorasiga törtinçi öyinda oçko yöqotdi va uç durangdan keyin mağlubiyatga uçradi. Antonio Konte jamoasi peşqadamlikni qaytarib oliş uçun hafta oxirida «Inter»ni mağlub etişi kerak. Bu uçraşuv çempionlik öyiniga aylanadi.
«Empoli» — «Atalanta» 0:5
Gollar: Gyasi (27, avtogol), Retegi (33), Lukman (43, 55), Dzappakosta (74).
«Empoli» — Silvestri, Kakaçe, De Şilo, Gogliçidze, Grassi (Jurkovski, 72), Male (Kovalenko, 83), Henderson, Petssella, Gyasi (Sambiya, 57), Espozito (Kampanello, 72), Kuame (Kolombo, 58).
«Atalanta» — Karnezekki, Kolaşinats, Jimsiti (Toloi, 63), Poş, Lukman (Kuadrado, 76), de Ketelare (Ederson, 63), Dzappakosta (Rujyeri, 86), Paşaliç (Breşianini, 76), de Ron, Bellanova, Retegi.
Ogohlantiriş: Karnezekki (67).
YeÇL umumiy guruhida kuçli öyin körsatganiga qaramay, yakunda sakkizlikka kira olmagan va ötiş öyinlarida kamtarona «Bryugge» tösiğidan ötolmagan «Atalanta» bor alamini «Empoli»dan oldi. Bergamoliklar «Bryugge» darvozasiga kirmagan gollarini ham yakşanba kuni urib olişdi. Birinçi bölim örtalaridan ötganda Dzappakostaning jarima maydoniga uzatmasidan keyin töp Gyassining boşiga tekkan holda darvoza töriga yöl oldi va mehmonlarning iştahasi oçildi. Yevrokubokda muhim penaltini ura olmagan va murabbiydan dakki eşitib olgan Lukman ikkita gol urdi. Nigeriyalik futbolçi ayni vaqtda jamoasining Italiya çempionatining qatorasiga uçinçi mavsumida kamida önta gol urayotgan yagona futbolçisi. Asosiysi esa — Jan Piyero Gasperini şogirdlari skudetto uçun kuraşga qaytdi. Birinçi örin bilan atigi uç oçko ajratib turibdi.
«Kalyari» — «Yuventus» 0:1
Gol: Vlahoviç (12).
«Kalyari» — Kaprile, Zappa, Mina, Luperto, Aujyello, Zortea (Marin, 70), Adopo (Viola, 70), Makumbu (Pavoletti, 86), Deyola (Koman, 58), Feliçi (Luvumbu, 46), Pikkoli.
«Yuventus» — Di Gregorio, Vea, Gatti, Kelli, Kambiyazo (Ruhi, 73), Kopmeyners (Kolo-Muani, 62), Lokatelli (Tyuram, 73), Konseysau (Luiz 62, Mbangula 82), Makkenni, Yildiz, Vlahoviç
Ogohlantiriş: Vea (49).
YeÇLning yana bir omadsiz iştirokçisi bor e’tiborini içki çempionatga qaratiş imkoniyatiga ega böldi. «Yuventus» «Latsio»ning mağlubiyatidan foydalandi va Sardiniyada ğalaba qozonib, törtinçi öringa kötarildi. Yakşanba kungi öyinlarni yakunlab bergan turinliklar ilk daqiqalardan kuçli bosim uyuştirişdi va Tiagu Motta hujumçi tanlaşda töğri tanlov qilgani oydinlaşdi. Oxirgi turlarda Kolo Muani bilan raqobatda yutqazayotgan Vlahoviç maydonga katta iştiyoq bilan tuşib keldi. Himoyaçining xatosini poylagan serbiyalik hujumçi töpni egallab olgaç, darvozabonni ham aldab ötdi va ötkir burçakdan böş qolgan darvozani işğol etdi. Bu Vlahoviçning «Yuventus»dagi (42+8) 50-golli natijasi böldi va u asosiy tarkibga qaytiş uçun jiddiy qadam taşladi.

Germaniya: «Bavariya» uçun yengil sayr
«Bavariya» — «Ayntraxt» 4:0
Gollar: Olise (45+3), Ito (62), Musiala (83), Gnabri (90+3).
«Bavariya» — Noyyer, Ito (Devis, 63), Kim Min Je, Dayyer, Laymer, Pavloviç, Kimmih (Goretska, 43), Sane, Musiala (Gnabri, 85), Olise (Koman, 85), Myuller (Keyn, 64).
«Ayntraxt» — Trapp, Teate, Tuta, Kristensen, Uzun (Vai, 46), Baoyya (Gyotse, 63), Hoylund (Sxiri, 46), Larsson, Kollinz, Knauff (Braun, 75), Ekitik (Batşuayi, 75).
Ogohlantirişlar: Sane (77), Tuta (80).
Bundesligada turning markaziy öyini kutilganidek ötdi, deb bölmaydi. Sababi — «Bavariya» fonida çempionatning uçinçi jamoasi uçun juda kamtar köringan «Ayntraxt»da. Bu birinçi davradagi oltita gol (3:3) urilgan va Marmuşning benefisiga (2+1) aylangan dramatik öyindan butkul farqliça öyin böldi. Ekitik, albatta, yaxşi futbolçi, ammo myunxenliklarga muammo tuğdiradigan darajada emas. Holbuki Vensan Kompani bu öyin uçun qilgan katta rotatsiya uyuştirib, Deyvis, Goretska va Keynni zaxira örindiğida qoldirgandi.
«Burgutlar» mavsum startidan buyon ilk bor öyinni golsiz tark etişdi. Jamoa birinçi bölim oxirigaça bazör çidab turdi, ammo bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Sane böş qolgan darvoza qarşisidagi Oliseni töp bilan ta’minladi. Tanaffusdan keyin esa Germaniyaning eng işonçli va barqaror darvozabonlaridan biri hisoblangan Trapp «Ayntraxt»ni uyaltirib qöydi. Uning töpga çiqişdagi xatosi va alamli rikoşet Itoning böş qolgan darvozani işğol etişi bilan yakunlandi. Öyin oxirlarida Musiala uçinçi golni urguniça ham mezbonlarda köplab yaqqol vaziyatlar böldi. Germaniyadagi çempionlik masalasi amalda hal bölgan, yilning asosiy intrigasi esa YeÇLda «Bavariya» va «Bayyer» örtasidagi qarama-qarşilik böladi.













