Ukraina va AQŞ örtasidagi mineral resurslar böyiça kelişuv aftidan uruşni tugatişda buriliş nuqtasi böladi. Uşbu kelişuv atrofida yangi tafsilotlar paydo böldi.
AQŞ Ukrainaga yon berdimi?
Financial Times şu kunlarda kelişuvga oid yangi tafsilotlarni e’lon qildi. Unda aytilişiça, Kiyev va Vaşington kelişuv şartlari böyiça kelişuvga erişgan. Naşrning yozişiça, AQŞ kelişuvning eng mojaroli qismi – Ukraina 500 milliard dollarlik resurslarni berişi kerak degan joyini olib taşlaşga rozi bölgan. Ya’ni kelişuv masalasida Vaşington Kiyevga yon bergan.
Financial Times suhbatdoşlari Ukraina AQŞ bilan muzokaralarda kelişuvni ança real körinişga keltirişga erişgani haqida aytgan. Qayd etilişiça, bu kelişuv imzolanişi AQŞ bilan munosabatlar keng yönalişda davom etişini ta’minlaydi. Jurnalistlar hujjatning oxirgi variantini öqib çiqişga muvaffaq bölgan. Unda aytilişiça, Vaşington va Kiyev Ukrainadagi mineral resurslardan tuşadigan kelajakdagi daromadlar evaziga maxsus fond taşkil qilib, pulni bölişadi. Uşbu fond asosan Ukrainadagi loyihalarni moliyalaştirişga qaratiladi.
Şuningdek, kelişuvdan Ukraina budjetiga pul olib kelayotgan resurslar böyiça joyi ham olib taşlangan. Ya’ni Amerika Ukrainadagi neft va gaz sohalariga tegmaslikka rozi bölgan.
Ammo kelişuvda hozirça Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari böyiça heç narsa deyilmagan. AQŞ uşbu fonddan qança uluş olişi ham keyingi muzokaralar davomida belgilanişi qayd etilgan. Aftidan, bu hal qiluvçi detallar Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy örtasidagi uçraşuvda aniqlaştiriladi. Zelenskiy 28 fevral kuni Vaşingtonga borib, Tramp bilan uçraşişi kutilmoqda.
«Ularga Javelinʼni men berganman»
AQŞning milliarder prezidenti Donald Tramp Kiyev sezilarli yon berilgan bölsa-da, u taklif qilgan kelişuvga rozi bölgani haqida xabarlar fonida butunlay boşqaça gaplarni ayta boşladi. Zelenskiy jurnalistlar oldiga çiqib, men ukrainlarning ön avlodi tölaydigan kelişuvni imzolamayman, degan vaqtida Tramp uning manziliga qanday tahdidlar qilganini eslang. Endi Tramp Ukraina kelişuv doirasida 350 milliard dollarga, juda katta harbiy yordamga va uruşni davom ettiriş huquqiga ega bölişini aytmoqda.
E’tibor bering, Tramp Rossiya bilan kelişuv bölmaguniga qadar Ukrainaga harbiy yordam yuborilaverişini aytdi. Axir Bayden ma’muriyati davrida ajratilgan qurollar hamon Ukrainaga yetkazib turilibdi.
Yana Tramp tankka qarşi Javelin raketalarini aynan u Ukrainaga berganini aytdi. «Ukrain askarlari juda jasoratli, lekin bizning qurollarsiz bu uruş juda tez tugagan bölardi. Aslida ularga Javelinʼni men berganman, ular Javelin bilan köp tanklarni yöq qilişdi», dedi Tramp.
Ana şunaqa gaplar. Bugungi dunyo siyosati har qança çigal bölmasin, juda katta pul örtaga çiqqanda siyosat ham, prinsiplar ham «çekkaga çiqib jimgina tamaki tutatadi». Hali bu yerda Putin Trampga Rossiyada nodir metallar qazib olişni taklif qilmoqda. Xullas, qiziq işlar boşlanyapti. Bizni kuzatişda davom etsangiz, muhim voqealardan bexabar qolmaysiz.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.











