Sovet, fransuz va rus şaxmatçisi, 10-jahon çempioni Boris Spasskiy 88 yoşida vafot etdi. Uning vafoti haqida 27 fevral, payşanba kuni Rossiya şaxmat federatsiyasi prezidenti Andrey Filatov ma’lum qildi.
Boris Spasskiy 1937 yil 30 yanvarda Leningradda tuğilgan. Uruşdan keyin darhol şaxmat öynaşni boşladi. 1953 yilda Spasskiy Buxarestdagi xalqaro turnirda debyut qildi, u yerda 1955 yilda ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan birinçi sovet şaxmatçisi böldi va öşa paytda tarixdagi eng yoş grossmeysterga aylandi.
1969 yilda Moskvada bölib ötgan bahsda Boris Spasskiy Tigran Petrosyanni mağlub etdi va öninçi jahon çempioni böldi. 1972 yilda Reykyavikda u şaxmat tojini amerikalik Robert Fişerga boy berdi.
1976 yilda şaxmatçi Fransiyaga köçib ketib, Moskvadagi Fransiya elçixonasi xodimiga uylandi. 1984 va 1986 yillarda şaxmat olimpiadalarida Fransiya terma jamoasini boşqargan. 1990-yillarda Spasskiy yirik turnirlarda öynaşni deyarli töxtatdi. 2012 yilda u Rossiyaga qaytib kelgan.








