Angliya: Husanovga dam berildi

«Mançester Siti» – «Plimut» – 3:1
Gollar: Niko ÖRayli 45+1, 76, De Bryuyne 90 – Maksim Taloverov 38.
Mançester Siti: Ortega, Ake (Ruben Diaş, 46), Reys, ÖRayli, Lyuis, Gundöğan, Griliş, de Bryuyne, Makati (Holand, 59), Bernardu Silva, Foden (Niko Gonsales, 83)
Plimut: Xazard, Ogbeta (Puxaç, 71), Sorinola (Syuç, 80), Plegesuelo, Katiç, Taloverov, Mumba (Xayal, 64), Jabi (Xauton, 64), Boateng, Rayt, Bundu (Baydu, 64).

Çempionşipda qoliş uçun kuraşayotgan «Plimut» hayron qoldirişda davom etdi. Angliya Kubogining oldingi bosqiçida «Liverpul»ni çiqarib yuborgan anderdog jamoa beşinçi raundning birinçi öyinida «Siti» darvozasiga birinçi bölib gol urgan va Gvardiolani asosiy tarkib futbolçilari, jumladan Husanovni öyinga taşlaş orqali öyinni qutqarib qolgandi (2:1).

Kataloniyalik mutaxassis muhim öyinlar oldidan bu safar ham Husanovga dam berdi va bu safar ham «Plimut» hisobni oçdi. Yevro-2024 çempionatida Ukraina jamoasi safida iştirok etgan Maksim Taloverov burçak zarbasidan keyin töpni darvoza töriga yölladi.

Lekin tanaffus arafasida 19 yoşli ÖRayli hisobni tenglaştirdi, ikkinçi bölimda esa ğalaba golini urdi. Öyin oxirida esa De Breyne raqibni uzil-kesil taslim qildi. Endi «Siti» çorakfinalda va Angliya Kubogi — muvaffaqiyatsiz mavsumni kubok bilan yakunlaş uçun eng yaxşi imkon.

Ispaniya: «Atletiko» — birinçi

«Betis» – «Real» – 2:1
Gollar: Kardozo 34, Isko 54 pen – Braim Dias 10.
«Betis»: Adrian, Rodriges, Lorente, Bartra, Sabali (Bakambu, 81), Altimira (Natan, 90), Kardozo, Rodriges (Çimi Avila, 71), Isko, Antoni, Ernandes (Ruibal, 81), Veytes, Gonsales, Natan, Perro, Ruibal, Fornals, Flores, Çimi Avila, Bakambu
«Real»: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 85), Alaba (Kamavinga, 59), Ryudiger, Vaskes, Braim Dias (Gyuler, 59), Tçuameni, Modriç, Vinisius Junior, Mbappe (Endrik, 75), Rodrigo, Lunin, Gonsales, Fran Garsiya, Asensio, Kamavinga, Gyuler, Andres, Endrik

«Real» «Betis» maydonida mutlaqo haqli ravişda yutqazdi. Amaldagi çempionlar uçun eng alamlisi bunda hal qiluvçi rolni Isko bajargani böldi. U esa hissiyotlarini yaşirib ötirmadi.