Toşkent şahri, Navoiy va Farğona viloyatlarida imtiyozli kredit olib berişni va’da qilgan firibgarlar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Mirzo Uluğbek tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan sobiq bank xodimi N.A. fuqaro I.Ya.ning işonçiga kirib, unga tanişlari yordamida Yaşnobod tumanidagi bank filialidan 1 mlrd söm imtiyozli kredit olib beriş evaziga 3 100 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ş.I. va Ş.X. fuqaro F.Ğ.ning işonçiga kirib, unga Navoiy şahridagi banklarning biridan 100 mln söm imtiyozli kredit rasmiylaştirib berişlari evaziga 30 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, Departamentning Oltiariq tuman bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro Yu.T. tadbirkor O‘.T.ning işonçiga kirib, unga göyoki bank muassasasida işlovçi tanişlari orqali 100 mln söm imtiyozli kredit ajratib berişi evaziga 1 000 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bundan taşqari, fuqaro Yu.T. va boşqalar fuqarolar F.M., M.S. va D.D.ning işonçiga kirib, ularning nomiga 300 mln söm imtiyozli kredit ajratilişiga erişib, özlaştirganliklari aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.