Joriy haftada yana 10 nafar Özbekiston fuqarosi Nyu-Yorkdan Toşkentga deportatsiya qilinişi kutilmoqda, dedi mamlakat TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov.

AQŞ uşbu fuqarolarni Kosta-Rikaga jönatişi rejalaştirilgan edi, biroq Özbekiston va Amerika tomonlari örtasidagi muzokaralar natijasida ularning vataniga qaytişi böyiça kelişuvga erişildi.

Avvalroq AQŞ Kosta-Rikaga deportatsiya qilmoqçi bölgan yetti nafar fuqaro Özbekistonga yetib kelgandi.

Özbekiston tomoni öz fuqarolarini Qöşma Ştatlardan xavfsiz deportatsiya qiliş masalalari böyiça AQŞ va Lotin Amerikasi davlatlari rasmiylari bilan aloqada bölib turgani xabar berilgan.

«Bizning kelişuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. Örnatilgan amaliyotga köra, fuqarolarimiz vatanga Nyu York–Toşkent yönalişi orqali qaytadi», — degan TIV vakili.