AQŞ prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy örtasidagi muzokaralar davom etişi uçun ikkinçisi bir neçta şartlarni bajarişi kerak, dedi Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols Fox News telekanali efirida. RBK uning sözlaridan iqtibos keltirdi.
«Biz Zelenskiydan [28 fevral kuni Tramp bilan uçraşuvda] sodir bölgan voqeadan afsusda ekanligini tan olişga, foydali qazilmalar töğrisidagi bitimni imzolaşga va tinçlik muzokaralarida iştirok etişga tayyorligini eşitişimiz kerak. Menimça, biz köp narsa talab qilmayapmiz», dedi Uols.
Maslahatçi Qöşma Ştatlar Ukrainani «saxiylik bilan qöllab-quvvatlagani», ammo harbiy harakatlar «çeksiz» amalga oşirilmasligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Oval kabinetdagi vaziyat Zelenskiy «tinçlik haqida gapirişga umuman tayyor emasligini» körsatdi.
«Ammo muammo şundaki, vaqt uning tarafida emas, ziddiyatni abadiy davom ettiriş uçun [kerak deb hisoblaganlar] tomonida emas. Amerikaning sabr-toqati çeksiz emas, hamyoni tubsiz emas va öq-dorilar ombori çeksiz emas», dedi Uols.
Uning ta’kidlaşiça, demokratlar va dunyoning ba’zi liderlari Birinçi jahon uruşi ruhidagi mojaroning davomi va «odamlar, öq-dorilar va milliy resurslarning göşt maydalagiçi»ni istamoqda.
AQŞ prezidenti maslahatçisi Ukraina bilan resurslar böyiça iqtisodiy bitim imzolanmagani haqida ham gapirdi. Uning sözlariga köra, u Kiyev va Vaşingtonni iqtisodiy jihatdan birlaştirişi mumkin edi, ammo Oq uydagi janjal tufayli Zelenskiy «qoş qöyaman deb, köz çiqardi».
Öz navbatida, Ukraina prezidenti Tramp bilan bölgan kelişmovçilikni izohlar ekan, nima bölganini muhokama qilişni istamasligini aytdi.
«Biz bu formatda mustahkam aloqalarni davom ettirişimiz kerak deb öylamayman. Işonçim komil, bu vaziyat ortda qoladi va oldinda bundan ham muhim işlar turibdi. Agar barçamiz konstruktiv bölişda davom etsak, menimça, ijobiy natijaga erişamiz», dedi u Londonda jurnalistlarga.













