AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbariyati «tinçlik tarafdori» ekanini namoyiş etmagunça uşbu mamlakatga harbiy yordam körsatişni töxtatişni buyurgan. Bu Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Oq uyning Oval kabinetida tortişib qolganidan bir neça kun ötib sodir böldi.
«Prezident tinçlikni maqsad qilganini aniq körsatdi. Hamkorlarimiz ham şu maqsadga sodiq bölişi kerak. Muammoni hal qilişga yordam berayotganiga işonç hosil qiliş uçun yordamni töxtatamiz va uni qayta körib çiqamiz», — deya Oq uy vakilining sözlarini keltirgan mahalliy va xalqaro naşrlar.
Trampning özi bu qarorga hozirça izoh bermadi, Oq uydan ham rasmiy ma’lumot kelib tuşmagan.
Tramp duşanba kuni Ukrainaga harbiy yordamni töxtatiş niyati bor-yöqligi haqidagi savolga javob berar ekan, şunday degandi: «Köramiz, buyoğiga nima bölarkan».
Bloomberg va Fox News xabariga köra, bu borada tanaffus Tramp Ukraina rahbariyati tinçlikka intilişini namoyiş qilayotganiga işonç hosil qilmagunça davom etadi.
«AQŞ Tramp mamlakat yetakçilari tinçlikka çin dildan sodiqligini namoyiş etişiga işonç hosil qilmagunça Ukrainaga barça joriy harbiy yordamni töxtatib turadi», — deya Oq uy vakilining sözlarini keltiradi Bloomberg.
«Bu yordamning uzil-kesil töxtatilişi emas, bu pauza», — deya ma’muriyat vakilidan iqtibos keltirgan holda xabar bergan Fox News telekanali.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, qaror Amerikaning hali Ukrainaga yetib bormagan barça harbiy texnikalari, jumladan, Polşa orqali yölda bölgan yoki tranzitni kutayotgan qurollarga taalluqli böladi.
Hozirça Trampning qarori Kiyevga qurol yetkazib berişda aynan qanday aks etişi va qanday miqdorda ta’sir qilişi noma’lum.

CNN AQŞ rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Oq uydagilar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan foydali qazilmalarni qazib oliş böyiça kelişuv yoki yordamni muhokama qilişda davom etişdan oldin qandaydir harakatlar, ehtimol oşkora keçirim söraşini istaşmoqda.
Telekompaniya suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, harbiy yordamni töxtatiş töğrisidagi qaror duşanba kuni keçqurun qabul qilingan va «Ukrainaga bosim ötkaziş strategiyasi» hisoblanadi.
Barak Obama ma’muriyatidagi Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining sobiq xodimi Çarlz Kupçan BBC bilan suhbatda şunday dedi: «Bu yerda biz majburlaş va qöllarni qayirişning jasur diplomatiyasini körmoqdamiz».
«Aslida, Tramp ukrainlarga şunday demoqda: agar siz Amerika qurollari va AQŞning qöllab-quvvatlaşini istasangiz, Rossiya bilan muzokaralar stoliga ötiriş vaqti keldi», – degan u.
Zelenskiy juma kuni Oval kabinetda sodir bölgan voqea uçun Trampdan uzr söraş niyatida emasligi, ammo AQŞ bilan munosabatlarni davom ettirişga tayyorligini aytgandi. Şuningdek, u Ukraina rasmiylari tinçlik tarafdori ekani va uruşni imkon qadar tezroq yakunlaşga intilayotganini bir neça bor takrorlagan.
«Bu uruşga imkon qadar tezroq barham beriş uçun diplomatiyamizni haqiqatan ham mazmunli qilişga harakat qilişimiz juda muhim. Bizga haqiqiy tinçlik kerak va ukrainaliklar buni eng köp xohlaşadi, çunki uruş şahar va qişloqlarimizni vayron qilmoqda. Biz odamlarimizni yöqotyapmiz. Biz uruşni töxtatişimiz va xavfsizlikni kafolatlaşimiz kerak», — dedi Zelenskiy duşanba kuni va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanişiga umid bildirdi.
Avvalroq Donald Tramp Zelenskiyning Rossiya bilan tinçlik kelişuviga hali «juda va juda uzoq» ekani haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirgandi. «Bu Zelenskiy aytişi mumkin bölgan eng yomon bayonot va Amerika bunga uzoq vaqt toqat qilmaydi. Aytganimdek, bu yigit Amerika qöllab-quvvatlovi bor ekan tinçlik bölişini xohlamaydi, Yevropa esa Zelenskiy bilan uçraşuvda töğridan töğri ular bu işni Qöşma Ştatlarsiz qila olmasliklarini bildirdi — ehtimol, bu Rossiyaga qarşi kuçlarni namoyiş etiş maqsadida qilingan eng yaxşi bayonot emasdir. Ular nimani öylayapti?» deya yozdi u öziga tegişli Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Şuningdek, u seşanba kuni Kiyev bilan mineral resurslar böyiça kelişuv böyiça yangilangan ma’lumotlarni taqdim etişini aytdi. Volodimir Zelenskiy yakşanba kuni Ukraina hali ham hujjatni imzolaşga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Duşanba kuni keçqurun Wall Street Journal naşri AQŞning amaldagi va sobiq amaldorlariga tayanib, Tramp ma’muriyati Ukrainaga yangi qurol-yaroğ yetkazib berişni moliyalaştirişni töxtatgani va Amerika zaxiralaridan yetkazib berişni muzlatiş imkoniyatini (bu esa Kiyevning Rossiya qöşinlariga qarşilik körsatiş qobiliyatini xavf ostiga qöyadi) körib çiqayotgani haqida xabar berdi.
Naşrning yozişiça, sönggi haftalarda Oq uy tomonidan xorijiy yordamni muzlatib qöyiş fonida yangi yetkazib berişlarni moliyalaştiriş amalda töxtatilgan, Tramp va Zelenskiy örtasidagi tortişuvdan bir neça kun ötib esa Ukrainaga qurol yetkazib berişning asosiy kanalini yopiş böyiça qadamlar qöyilgan.
Davlat kotibi Marko Rubio avvalroq Ukrainaga xorijiy yordamni yetkazib berişni taqiqlaşdan çiqarib taşlaş töğrisidagi buyruqni imzolagan edi, biroq Davlat departamentining yuqori martabali xodimi Piter Marokko Kiyevga yordam kelişiga ruxsat beriş uçun Pentagonga kerakli xatni yubormadi, deydi WSJ suhbatdoşlari.
Amerika rasmiylariga köra, yangi harbiy ta’minotsiz ham Ukraina joriy yil örtalarigaça Rossiya bilan hozirgi sur’atda uruşni davom ettiriş uçun qurolga ega böladi. Bu qisman Tramp Oq uyga qaytişidan oldin Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni keskin oşirgan Jo Bayden ma’muriyatining xizmati, deya ta’kidlaydi WSJ.
CNN amerikalik rasmiylardan biriga tayanib yozişiça, harbiy yordamni töxtatib turişning oqibatlari jang maydonida sezilişiga hali ança bor, ammo zaxiralar tugaşi bilan ta’sir jiddiy böladi.
«Böşliq yuzaga kelişi mumkin, uni Yevropa yolğiz özi töldira olmaydi», — deydi u.
WSJ: Kiyevga qurol yetkazib berişni töxtatiş masalasi 3 mart kuni körib çiqildi
Wall Street Journal (WSJ) keça AQŞning amaldagi va sobiq rasmiylariga tayanib, Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga yangi qurol yetkazib berişni moliyalaştirişni töxtatgani va AQŞ zaxiralaridagi ta’minotni muzlatiş masalasini körib çiqayotgani haqida xabar berdi, bu esa Kiyevning Rossiya qöşinlarining oldinga siljişiga qarşi turiş qobiliyatiga bevosita tahdid soladi. Ukrainaga asosiy qurol yetkazib beriş liniyasini yopişi mumkin bölgan harakatlar Tramp va Zelenskiy örtasida Oval kabinetdagi mojarodan bir neça kun ötgaç sodir böldi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio avvalroq Ukrainaga yuk yetkazib berişni taşqi yordam taqiqidan ozod qiliş haqidagi farmonni imzolagan edi, biroq Davlat departamentining yuqori martabali rasmiysi Piter Marokko Kiyevga yordam yetkazilişi uçun Pentagonga kerakli xatni yubormadi, deya xabar bermoqda WSJ Oq uydagi manbalarga tayanib. Ularning ma’lumotlariga köra, yangi harbiy ta’minotsiz Ukraina Rossiya hujumidan yil örtalariga qadar özini himoya qilişni davom ettirişi mumkin. Bunga qisman AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati sabab bölgan, u Tramp inauguratsiyasi oldidan Kiyevga qurol yetkazib berişni keskin oşirgan, deya qayd etadi WSJ.
Kil jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) hisob-kitoblariga köra, 2022 yildan beri Amerikaning Ukrainaga körsatgan yordami hajmi 114,2 milliard dollarni (taxminan 109 milliard yevro) taşkil qilgan. AQŞ Davlat departamenti ma’lumotlariga köra, uruş boşlangan 2022 yil fevral oyidan Tramp lavozimiga kirişgunga qadar harbiy yordamning özi 65,9 milliard dollarni taşkil etdi, bu esa Ukrainani Rossiya tajovuzidan himoya qilişga qöşilgan eng katta harbiy hissadir. Biroq, bu hisob-kitoblar Tramp Ukrainaga yordam sifatida ötkazilganini tilga olgan 300, keyin esa 350 milliard dollardan ança kam.













