Rossiya armiyasining Ukrainaning Donetsk oblastidagi Dobropole şahriga bergan zarbasi oqibatida kamida tört kişi halok böldi, 18 kişi yaralandi. Bu haqda oblast harbiy ma’muriyati boşliği Vadim Filaşkin 8 mart, şanbaga ötar keçasi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Tunda rossiyaliklar şaharga uçta zarba berişgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, törtta köp qavatli uy zarar körgan», — deb yozadi rasmiy. U köp qavatli uydagi yonğin suratini e’lon qildi.

Uruşdan oldin Dobropoleda 30 mingga yaqin odam yaşagan. Şahar hozirda şiddatli janglar olib borayotgan Pokrovskdan 20 km şimolda joylaşgan.