Rossiya qöşinlari hujumning asosiy yönalişini Kursk oblastiga qaratdi, bu esa Ukraina qurolli kuçlari uçun frontning boşqa hududlarida qarşi hujumga ötiş uçun yangi imkoniyatlar oçdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 10 mart, duşanba kuni X  ijtimoiy tarmoğida çop etilgan kundalik razvedka şarhida ma’lum qildi.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga köra, rus qöşinlari Kursk oblastida Ukraina qöşinlariga bosimni kuçaytirib, uç yönalişdan – ğarb, şimol va şarqdan hujum qilmoqda. Şu bilan birga, Ukraina qöşinlari taxminan 300 kvadrat kilometr maydonni nazorat qilayotgan bölişi mumkin. 

Frontning boşqa hududlarida Rossiya hujum harakatlarining intensivligi 2024 yil oxiri va 2025 yil boşiga nisbatan kamaydi, deyiladi şarhda. Bu Ukraina qurolli kuçlariga, xususan, Rossiyaning asosiy bölinmalari töplangan Donetsk oblasti Pokrovsk rayonida qarşi hujumlarni kuçaytirişga imkon berdi. Xabar qilinişiça, Ukraina qöşinlari Pesçane, Udaçne, Şevçenko yaqinida hamda T-0506 logistika magistralining janubida muvaffaqiyatli qarşi hujumga ötgan.

«Ukrainaning qarşi hujum qiliş qobiliyati Rossiya tomonidan ötkazilayotgan quruqlikdagi hujum operatsiyalari sonining qisqarişi hisobiga yaxşilandi. Pokrovsk öqidagi Rossiya ta’minot liniyalari ham Ukraina uçuvçisiz uçiş tizimlarining hujumlari tufayli zaiflaşdi», — deb yozadi Buyuk Britaniya MV.

Rossiya Ukraina kuçlari Kurskdagi qator qişloqlardan çiqarib yuborilganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi keça keçqurun Kursk oblastidagi Malaya Loknya, Çerkasskoye Poreçnoye va Kositsa qişloqlari ozod qilingani haqida xabar berdi. Bundan taşqari, internetda Martinovka qişloğidagi rossiyalik harbiylarning videolari paydo böldi. Rossiya harbiy departamenti uşbu aholi punkti ozod qilinganini hali rasman e’lon qilmagan, ammo bu ma’lumotni 9 mart kuni Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin bölgan DeepState OSINT loyihasi tasdiqlagan.

Sönggi ikki kun içida Rossiya Mudofaa vazirligi, şuningdek, rus qöşinlari Kurskning Lebedevka, Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Soroçina qişloqlari hamda Ukrainaning Sumi oblastidagi Novenkoye qişloğini nazoratga olgani haqida xabar berdi.

Rossiya qöşinlari Sumi oblastidagi Ukraina davlat çegarasi hududida mustahkam örnaşib olişga harakat qilmoqda, dedi Ukraina Davlat çegara xizmati matbuot kotibi Andrey Demçenko 10 mart kuni milliy telemarafon çoğida efirda. «Duşman allaqaçon Ukraina hududida şunday tajovuzkor harbiy harakatlar zonasini yaratişga harakat qilmoqda, u yerda öz örnini egallaşga harakat qilmoqda. Bular bir neça kişidan iborat kiçik hujum guruhlari. Ular asta-sekin töplanib, keyinçalik çuqurroq kirib boriş uçun bizning hududimizga kirişga harakat qilmoqda», dedi u.

Demçenkoning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi Novenkiy rayonida hujum qiliş orqali Kursk oblastida operatsiya ötkazayotgan Ukraina qurolli kuçlarini ta’minlovçi logistika yöllarini tösib qöymoqçi.