Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiyaga davlat taşrifini amalga oşirayotgan Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston yetakçisini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon şarafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qöşinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuçlari xizmatçilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyaçilar Özbekiston prezidenti oldidan tantanali yurib ötdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan ötdi va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Söng Şavkat Mirziyoyev otliq gvardiyaçilar va mototsiklçilar hamrohligida oliy darajada muzokara ötkaziş uçun Fransiya prezidentining qarorgohi — Yelisey saroyiga yöl oldi.




















