AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi telefon muloqoti yaqin kunlarda bölib ötişi mumkin. Bu haqda 16 mart, yakşanba kuni AQŞ yetakçisining maxsus vakili Stiven Uitkoff CNN telekanalida ma’lum qildi. «Öylaymanki, bu hafta ikki prezident örtasida haqiqatan ham yaxşi va ijobiy muhokama böladi», — dedi u.

Uitkoffning aytişiça, uning şu hafta boşida Putin bilan uçraşuvi ham «ijobiy» bölgan. Vaşington va Moskva pozitsiyalari «bir-biriga yaqinlaşib bormoqda», dedi u. Maxsus vakilning ta’kidlaşiça, u Rossiya prezidenti bilan bir neça soat gaplaşgan va Putin Ukrainada öt oçişni töxtatiş zarurati haqidagi «prezident Trampning pozitsiyasini qabul qiladi» degan taassurot uyğotgan. Uitkoffning sözlariga köra, yaqin haftalarda bu borada qandaydir kelişuvga erişilişi mumkin.

Rubio Ukrainadagi uruşni tugatişning dastlabki bosqiçlarini ma’lum qildi

Vaşington Ukrainada heç bölmaganda qisqa muddatli öt oçişni töxtatişni talab qilmoqda, çunki harbiy harakatlar davom etişi muzokaralar jarayoniga hissa qöşmaydi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti rahbari Marko Rubio 16 mart kuni e’lon qilingan Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

AQŞning joriy taşqi siyosati haqidagi suhbat çoğida teleboşlovçi Margaret Brennan Donald Trampning maxsus elçisi Stiven Uitkoffning yaqinda Moskvaga safari va u yerda Vladimir Putin bilan uçraşgani haqida söradi. Boşlovçining ta’kidlaşiça, Rubio avvalroq Uitkoffning Rossiyaga taşrifi natijalari Moskva öt oçişni töxtatişga intilayotganini yoki Rossiya prezidenti keçiktiriş taktikasini afzal körayotganini körsatişini aytgan edi. Biroq Putin tinçlik muzokaralari yölida aniq qadam taşlamadi, keyinroq Rubio Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkazdi va bu muzokaralar natijasida ham heç qanday bayonot berilmadi.

Şu fonda Brennan Rubiodan Moskva muzokaralar jarayonini keçiktirişni tanladimi, deb söradi. Bunga javoban AQŞ davlat kotibi Rossiya bilan muzokara jarayonini muhokama qilmasligiga işora qildi. Uning sözlariga köra, Uitkoffning Putin bilan uçraşuvi «işonçli» böldi, biroq «ba’zi muammolar bor».

«Bu juda uzun harbiy frontda olib borilayotgan uç yillik qiyin uruş, juda köp qiyinçiliklar bor. Heç kim buni oson demayapti, lekin men hamma reja nima ekanligini tuşunişini istayman. A rejasi otişmani töxtatib, B rejasiga ötişimiz kerak. Buning uçun hammani muzokara stoliga ötkaziş şart», — dedi Rubio.

Şu bilan birga, Davlat departamenti rahbarining sözlariga köra, Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralar töğridan töğri bölişi şart emas. Har holda, «birinçi qismdan ötgunimizça ikkinçi bölimga ham kira olmaymiz», dedi Rubio. «Ular bir-biriga qarata öq uzayotgan paytda uruşni abadiy tugatiş töğrisida kelişib oliş qiyin va şuning uçun ham prezident (Tramp) öt oçişni töxtatişni xohlaydi», dedi diplomat.