SuperJob iş qidiriş xizmati tomonidan ötkazilgan «Kuryyer indeksi» tadqiqotiga köra, 2025 yil mart oyida Moskvada kuryyerlar uçun örtaça maoş 130 ming rublni taşkil etgan bölsa, oliy ma’lumotli mutaxassislar uçun bu körsatkiç 105 ming rublni taşkil etgan, deb yozmoqda RBC.
Kuryyerlar bu borada vraçlar, jurnalistlar va hatto IT dasturçilardan ham köproq maoş olişmoqda.
Tadqiqot natijalariga köra, kuryyerlar uçun maoş takliflari 2024 yil davomida 41 foizga oşgan. Örtaçalaştirilgan qiymatdagi maoş oliy ma’lumotli mutaxassislarnikidan 19 foizga, oliy ma’lumotsiz mutaxassislarnikidan esa 38 foizga yuqori bölgan.
Bu borada örtaçalaştirilgan (median) maoş körsatkiçi işonçliroq hisoblanadi, çunki u örtaça maoşga ta’sir etuvçi ekstremal qiymatlarga sezgir emas. Rossiyada 2024 yil yakuni böyiça örtaça maoş 87 ming 952 rublni taşkil etgan.
Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti Mehnat bölimi boş direktori Vladimir Smirnovning ta’kidlaşiça, bitta kasb böyiça median maoşni barça xodimlar uçun örtaça maoş bilan soliştiriş töğri emas. Uning fikriça, iş beruvçilar yoş auditoriyani jalb qiliş maqsadida maksimal daromad darajasini körsatadi. Bu esa kasbiy ösiş, özini namoyon qiliş va mehnat şaroitlari kabi imkoniyatlarga ega bölmagan lavozimlar uçun xosdir. Boşqa tomondan, yuqori malakali mutaxassislar uçun e’lonlarda köproq «maoş falon rubldan boşlab» sözlari körsatiladi, bu esa muzokaralar uçun oçiq bölib, amaldagi daromadni oşirişga olib keladi.
Kuryyerlar maoşining oşişi bunday xizmatlariga bölgan talabning ösişi va işçi kuçi tanqisligi tufayli kuzatilmoqda. «Avito Rabota» xizmati ma’lumotlariga köra, ötgan qişda avtomobildagi kuryyerlar uçun örtaça maoş takliflari ötgan yilgiga nisbatan 68 foizga oşgan va 130,3 ming rublni taşkil etgan. Şuningdek, samokatdagi kuryyerlar uçun örtaça maoş takliflari 12 foizga oşgan va 66,5 ming rublni taşkil etgan. Ammo, haqiqiy daromadlar bajarilgan buyurtmalar soni, iş jadvali va hududga boğliq.
«Yandeks» xizmatlari ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Rossiyada kuryyerlarning örtaça daromadi 91,7 ming rublni taşkil etgan, bu ötgan yilga nisbatan 18,1 foizga yuqori. Moskvada esa örtaça daromad 110,3 ming rublni taşkil etgan. 2025 yil fevral oyiga kelib bu körsatkiç 114,6 ming rublga yetgan. Daromadlar elektron tijoratning rivojlanişi va mavsumiylikka boğliq. Masalan, dekabr oyida buyurtmalar soni köpayadi, çunki odamlar Yangi yil bayramiga tayyorgarlik körişadi.
«Vkusvill» kompaniyasida faol işlovçi kuryyerning örtaça kunlik daromadi 5-7 ming rublni taşkil etadi. Daromad yetkazib beriş masofasi, buyurtma hajmi, kun vaqti, bajarilgan buyurtmalar soni va foydalaniladigan transport turiga boğliq. Har bir yetkazib berilgan buyurtma uçun haq 90 dan 350 rublgaça özgaradi. Ötgan yil davomida yetkazib berilgan buyurtmalar soni 22 foizga oşgan, bu kuryyerlar daromadining oşişiga ta’sir qilgan.
«Ozon» platformasida kuryyerlar öz iş smenalarini mustaqil tanlaş imkoniyatiga ega. Bu ularga yuqori talab mavsumlarida işlaşga va qolgan vaqtlarda boşqa işlar bilan şuğullanişga imkon beradi.
Rossiya Transport-logistika va poçta-kuryyer kompaniyalari assotsiatsiyasi prezidenti Aleksandr Mityukovning baholaşiça, Rossiyada kuryyerning örtaça oylik daromadi taxminan 90 ming rublni taşkil etadi. Uning ta’kidlaşiça, bu körsatkiç yildan yilga qariyb 20 foizga oşib bormoqda.
Kuryyerlarga bölgan talabning ösişiga qaramay, oliy ma’lumotli mutaxassislarning kuryyerlikka ötişi ehtimoli past. Ayni vaziyat 1990-yillardagi vaziyatdan farq qiladi, öşanda maoşlarning öz vaqtida tölanişi bilan boğliq muammolar tufayli diplomli odamlar savdo sohasiga özini urgan edi.
SuperJob ma’lumotlariga köra, kuryyerlik sohasidagi böş iş örinlari soni Rossiya böyiça yil davomida 7 foizga oşgan.












