Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) Ğazo sektori markaziy va janubiy qismlarida «aniq maqsadli yer usti harakatlari»ni boşlaganini ma’lum qildi.
Yer usti harakatlari doirasida isroillik harbiylar Ğazo sektoridagi Netsarim koridori markazigaça bölgan nazoratini kengaytirdi. Uşbu koridor Isroilning janubidagi Beeri hududidan to dengiz sohiligaça borib, anklavning şimoliy qismini janubidan ajratib turadi.
TsAXAL operatsiyasining maqsadi xavfsizlik hududini kengaytiriş va Ğazo sektori şimoli hamda janubi örtasida qisman bufer yaratişdan iborat. 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS hujumining ortidan Ğazo sektorida boşlangan yer usti operatsiyasida faol iştirok etgan «Golani» brigadasi Janubiy qömondonlik hududiga joylaştiriladi va Ğazo sektoridagi operatsiyalarga tayyor holatda qoladi.
Yanvar örtalarida Isroil va HAMAS vaqtinçalik sulhga erişgan edi — uning doirasida 33 nafar garovdagi isroillik qariyb 2 ming falastinlik mahbus evaziga ozod etildi. Isroil harbiylarining Netsarim koridoridan olib çiqib ketilişi kelişuv şartlaridan biri edi. Sulhning 42 kun davom etgan birinçi bosqiçi 1 mart kuni yakunlandi. Şundan keyin uni uzaytiriş böyiça kelişuvga erişilmadi. HAMAS qölida hozirda 59 nafar isroillik garovda qolmoqda. Isroil Mudofaa armiyasi ma’lumotlariga köra, ularning kamida 35 nafari vafot etgan. 18 martga ötar keçasi Isroil Ğazo sektorida ikki oylik sulhdan keyin jangovar harakatlarni qayta boşladi.
Öz navbatida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu hukumat «uruş maqsadlariga erişiş va Ğazo hududi tahdid tuğdirmasligini ta’minlaş uçun kuraş olib borişini» ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Isroilning Ğazo sektoriga zarbalari «faqat boşlanişi» bölib, ular «garovga olinganlarni ozod qiliş uçun zarur».












