Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri Rossiya armiyasi halok bölgan va yaralanganlar bilan birga qariyb 900 ming kişini yöqotgan bölişi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi hisobotida söz boradi.
Londonning baholaşiça, halok bölgan rossiyalik harbiy xizmatçilar soni 200-250 mingni taşkil etadi — bu Rossiya uçun Ikkinçi jahon uruşidan beri eng katta yöqotişdir.
Razvedkaning qayd etişiça, Rossiya rahbariyati, jumladan, Vladimir Putin ham uruş maqsadlarini öz askarlari hayotidan ustun qöyadi: Kreml yuqori darajadagi yöqotişlarga könikişga tayyor, agar bu uruşga nisbatan aholi va elitaning qöllab-quvvatlaşini zaiflaştirmasa hamda bu yöqotişlarni qoplaş imkoniyati saqlansa. Ta’kidlanişiça, RF hukumati qaşşoq mintaqalardagi etnik ozçilik vakillarining hayotiga kamroq ahamiyat beradi. Natijada, aynan şu hududlardan kelgan askarlar safarbarlikka nomutanosib ravişda köproq jalb qilinmoqda.
«Moskva va Sankt-Peterburg kabi şaharlardagi slavyan millatiga mansub rossiyaliklar safarbarlikka ança kam jalb qilingan. Aksinça, etnik ozçilik vakillari bölgan qaşşoq hududlardagi aholining uluşi ança yuqori», — deyiladi hisobotda.
Pentagonning 2024 yil noyabrdagi ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasining jami qurbonlari va yaralanganlari soni 615 ming kişini taşkil etgan. Öşanda Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyaning umumiy yöqotişlarini 610 ming kişiga (200 ming kişi halok bölgan, 400 ming askar yaralangan) baholagandi. 2024 yil iyunda Vladimir Putin uruşning 27 oyi davomida Rossiya 135 mingga yaqin harbiysidan ayrilganini ma’lum qilgan edi.
Fevral oxirlarida BBC rus xizmati «Mediazona» bilan birgalikda uruş boşlanganidan beri halok bölgan 95 ming 26 nafar rossiyalik askar va ofitserlarning şaxsini aniqlaşga muvaffaq bölgan. 24 yanvardan 21 fevralga qadar uşbu röyxatga yana 5007 kişi qöşilgan. Şuningdek, jurnalistlar DXR va LXRdagi qurolli tuzilmalarning 21 mingdan 23,5 ming nafargaça harbiysi halok bölganini hisoblagan. Gap asosan majburiy safarbar etilgan va minimal tayyorgarlik bilan frontga jönatilganlar ölimi haqida ketmoqda.












