Donald Tramp AQŞ Ta’lim vazirligini “firibgarlik uyi” deb atab, uni yopişga qaror qildi. Prezident bu haqidagi farmonni 20 mart kuni imzolaydi. Reuters’ga köra, Oq uy bu farmonni uzoq kutilgan deya ta’riflamoqda. Farmon imzolanişidan avval bir guruh demokrat prokurorlar e’tiroziga sabab bölmoqda. Ular Trampning bu işi ortidan ta’lim vazirligi xodimlari işsiz qolib ketişi va buni töxtatib turişni sörab sudga murojaat qilgan.
AQŞdagi yirik jamoatçilik taşkilotlaridan biri, rang-barang avlod odamlarini rivojlantiriş milliy assotsiatsiyasi NAACP ham prezident farmonini konstitutsiyaga zid demoqda. Bu taşkilot asosan qora tanlilar huquqlarini himoya qiladi.
Taşkilot prezidenti Derrik Jonson bu farmon imzolanadigan 20 mart sanasini xalq uçun oğir va qoronği kun, deya atadi.
"Sifatli ta’lim federal moliyalaştirişga boğliq. Trampga ovoz bergan millionlab amerikalik bolalar, şu jumladan, kambağal va qişloq joylardagi ota-onalar uçun bugun qoronği kundir”, deydi u.
Hozirgaça Tramp va uning milliarder maslahatçisi Ilon Mask Kongress fikri va ruxsatisiz AQŞ Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) kabi davlat dasturlari va institutlarini yopdi. Lekin ta’lim vazirligining yopilişi Vazirlar Mahkamasi darajasidagi birinçi yirik qisqartirişga aylanmoqda.
Reuters’ga köra, Tramp ta’lim vazirligini Kongress qonunlarisiz yopa olmaydi, bu qiyin bölişi mumkin. Töğri, Tramp respublikaçilari Senatda 53-47 köpçilik ovozga ega, ammo Vazirlar Mahkamasi darajasidagi agentlikni bekor qiluvçi qonun loyihasi kabi asosiy qonunlar ötişi uçun kamida 60 ovoz va şu tariqa yetti nafar demokratning ham qöllab-quvvatlaşi kerak böladi.
Senatdagi demokratlar esa aksinça, ta’lim departamentini tugatişni qöllab-quvvatlamaydi.
"Tramp va Mask Ta’lim vazirligini vayron qiluvçi töpni olib borişyapti va departamentning yarim işçilarini işdan haydaşyapti. Bu şunçaki federal tizimni yöq qiliş, yoqiş va kesib taşlaş”, deydi demokrat senator Patti Myurrey.
Farmon amaldagi ta’lim vaziri Linda MakMahonga amerikaliklar tayanadigan xizmatlar, dasturlar va imtiyozlarni samarali va uzluksiz yetkazib berişni ta’minlaşda davom etiş bilan birga, ta’lim departamentini yopiş, undagi vakolatlarni esa ştatlarga qaytariş topşiriğini belgilamoqda.
Oq uyning xulosasiga köra, ta’lim vazirligining qolgan mablağlarini oladigan har qanday dastur yoki tadbirlar gender, inklyuzivlik mafkurasini ilgari surmasligi kerak. Tramp hozirgaça bir neça bor ta’lim departamentini yöq qilişga çaqirib, vazirlik “katta firibgarlik” uyi deb atagan. U prezident sifatidagi birinçi muddatida ham uni yopişni taklif qildi, ammo kongress bunga yöl qöymagandi.
"Federal hukumatning ta’lim ustidan nazorati öquvçilar, ota-onalar va öqituvçilarni muvaffaqiyatsizlikka uçratdi", deydi Oq uy öz xulosasida. Hisobotda kelişiça, departament 1979 yilda taşkil etilganidan beri 3 trillion dollarni havoga uçirgan, talabalarning standartlaştirilgan test ballari bilan ölçanadigan yutuqlarini yaxşilolmagan.
Departament taşkil etilişidan oldin, 1953 yildan 1979 yilgaça faoliyat körsatgan AQŞ Soğliqni saqlaş, ta’lim va farovonlik departamenti tarkibiga kirgan edi.
Hozirgi vazir MakMaxon seşanba kuni mediada çiqiş qilarkan, ma’muriyatning maqsadi innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş va davlat darajasida ta’lim sohasidagi ilğor tajribalarni rağbatlantiriş ekanini aytdi.
Departament himoyaçilari xalq ta’limi standartlarini yuqori darajada uşlab turiş juda muhimligini ta’kidlab, respublikaçilarni daromad oliş maqsadida ta’lim bilan olişişda aybladi.
Rostdan ham departamentning darhol yopilişi davlat maktablariga önlab milliard dollarlik yordam va kollej talabalari öqişi uçun yordamni töxtatib qöyadi. Vazir Mak Mahon Trampning bu rejasini oqlamoqda, kam ta’minlanganlar maktabi va talabalarga yordam beriş uçun Kongress tomonidan ajratiladigan federal maktabni moliyalaştiriş loyihasi davom etişiga işontirmoqda.
Departament Qöşma Ştatlardagi 100 000 ga yaqin davlat va 34 000 xususiy maktablarni nazorat qilardi, yaxşiyam davlat maktablarini moliyalaştirişning 85 foizdan ortiği ştat va mahalliy hukumatlar tomonidan amalga oşiriladi.
Departament şuningdek, universitet uçun tölovni tölay olmaydigan ön millionlab amerikaliklarning 1,6 trillion dollarlik talaba kreditlarini nazorat qilardi.
Eslatib ötamiz, Bayden va Harrislar saylov oldidan qator amerikaliklarning öqiş uçun kreditlaridan voz keçgandi.
Departament 1300 dan ortiq xodimlarini işdan böşatiş rejasini e’lon qilarkan ötgan hafta 20 ştat va Kolumbiya okrugi boş prokurorlari Boston federal sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Vazirlikni jami 2,183 işçilar tark etişi kerak, garçi Tramp yanvar oyida lavozimga kirişgan paytdagi 4,133 nafar ta’lim departamenti xodimlarini işdan haydaşini aytgandi.
Sudga kiritilgan da’voga köra, iş örinlarining bunday qisqartirilişi ta’lim vazirligini butunlay falajlaydi, oqibatda departament öz funksiyalarini bajarolmay qoladi. Bu esa AQŞ konstitutsiyasiga zid, Kongress vakolatlari çeklanmoqda.
Çunki vazir MakMahonga qonuniy funksiyalarni yöq qiliş yoki buzişga ruxsat berilmagan, u qonun bilan belgilangan ruxsatdan taşqari vazirlikning mas’uliyatini boşqa agentlik yoki taşkilotga ötkaza olmaydi, deyiladi da’vo arizasida.










