Qozoğistonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda. Ötgan hafta çegara oçilgaç tojik savdogarlari Qirğizistonning Botken viloyatidagi bozorlarga faol qatnamoqda. Qozoğiston hududiga Rossiya droni kelib tuşdi, bu dron Tehrondan olingan. Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari Ramazon va Navröz munosabati bilan mahkumlarni afv etişdi. Duşanbe ham Rossiya bilan kiçik AES qurişi mumkin.

Amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda

Qozoğistonda amaldorlar va davlat uluşi bor taşkilotlar xodimlari qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda. Ular mahbuslarning kameralari, tergov xonalari va mahkumlarning sayr qiliş joylarini közdan keçirişyapti. Bu haqda Qozoğiston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi jamoatçilikka ma’lum qilgan.

Korrupsiya oqibatlarini aks ettiruvçi “şok terapiyasi” körinişidagi bunday profilaktik tadbirda 2 510 nafar davlat xizmatçisi iştirok etgan.

Agentlik rasmiy vakili Biğaydarovning sözlariga köra, jazoni ijro etiş muassasalariga davlat organlari rahbarlari, tuman hokimlari va ularning örinbosarlari, şuningdek, turli bosqiçdagi hokimliklar apparati boşqarmalari va bölimlari rahbarlari ham olib borilgan.

“Bu usullar bilan biz davlat xizmatçilarini qörqitişni maqsad qilmaganmiz. Asosiy ğoya - har bir davlat sektori xodimi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlari haqida tasavvurga ega bölişi, qonunni buzgan taqdirda uni nima kutayotganini anglatiş”, deydi Antikorrupsiya agentligi vakili.

Rossiyaning Erondan olgan dronlaridan biri Qozoğistonga quladi

Rossiya uçirgan “Shahed” droni Qozoğistonga quladi. Mahalliy naşr Kazinform’ning yozişiça, Ğarbiy Qozoğiston viloyatida “Shahed” droniga öxşaş uçuvçisiz uçiş apparati topilgan.

Dron Rossiya bilan çegaradoş Tasqal’a tumanida topilgan. Uning uzunligi 300 santimetr. Politsiya departamenti vakolatli xizmatlar bilan hamkorlikda taşqi körinişi dronga öxşaş apparat aniqlangani yuzasidan tekşiruv ötkazmoqda.

Obekt uzoq hududga, aholi punktlaridan uzoq joyga tuşgan va butunlay saqlanib qolgan, körinadigan zararlari yöq. Hodisaning barça tafsilotlari aniqlanmoqda, deyiladi politsiya departamenti bayonotida.

Dron taşqi körinişidan Rossiyaning “Shahed”iga öxşaşligini va hatto tegişli belgiga ega ekanini köriş mumkin. Harbiy şarhlovçi Amangeldi Kurmet uçuvçisiz uçiş apparati Eronning “Shahed 136” droni ekanini yozmoqda. Ma’lumot uçun aytiş kerakki, Rossiya mazkur dronlardan Ukrainaga qarşi hujumlarda keng foydalanib kelmoqda. 

Qurilmaning bir qanotiga sariq rangda “Geran” yozuvi tuşirilgan. Mutaxassis Rossiyaga yetkazib berilayotgan Eronning “Shahed” harbiy dronlari “Geran” deb atalişini ham eslatdi.

Qulagan qurilma, şubhasiz, Eronning “Shahed 136” droni. Barça xarakterli belgilari aks etgan. Ehtimol, u biroz özgartirilgan bölişi mumkin. Uning modifikatsiyasini tekşiriş zarur. Lekin “Geran” bu — “Shahed 136” droni, deydi tahlilçilar.

Ma’lumotlarga köra, Eron birinçi marta “Shahed 136” dronini 2020 yilda namoyiş qilgan. Bu qurilmani köpinça “kamikadze-dron” deb ham ataşadi. 2022 yilda Eron uşbu dronlarni Rossiyaning qurolli kuçlariga yetkazib bera boşlagan. Rossiya nomini “Geran-2” deb özgartirgan va ularni Ukraina bilan uruşda mana işlatib kelmoqda. 2023 yildan boşlab Moskva Eron dronlarini öz hududida işlab çiqarişga ham kirişdi.

Çegara oçilib, savdogarlar faollaşdi

Ötgan hafta Tojikiston va Qirğiziston prezidentlar çegara kelişuviga imzo çekkanini xabar qilgandik. Bu haftadan tojik tadbirkorlari Qirğiziston savdo punktlari va bozorlarida paydo böldi. Mahalliy qirğiz naşri “Turmuş”ning xabar berişiça, tojiklar Botken viloyatiga serqatnov böla boşladi. Masalan, 19 mart kuni Qadamjay rayoni Ak-Turpak qişloğida joylaşgan bozorda mahalliy aholi köplab tojik fuqarolar va savdogarlarni uçratişgan.

Bu bozorda asosan guruç va quritilgan mevalar, xususan, örik ulgurji savdoda sotiladi va narxlar ança arzon. Çegara yopilişidan avval tojikistonliklar bu bozorga doimiy kelardi va mahsulot yetkazib berardi.

Tojikistondagi Isfarin rayonida yaşovçi Qurbanxon Axunovaning aytişiça, avvallari u bu bozorga juda tez-tez kelgan. Lekin uzoq muddat davomida Qirğiziston eşiklari biz uçun yopildi, bozorlari ham. Ötgan hafta çegara oçilganini biznikilar juda yaxşi qabul qildi, endi mana, bozor ham oçiq, deydi sotuvçi. U savdo endi töxtamasligidan umidvor. Ikki prezidentlar körişganda ham bundan buyoğiga yer talaşmasdan savdoni kuçaytirişga ahdlaşgan. Yaqin orada Duşanbe va Bişkek özaro tovar aylanmasi hajmini 500 mln dollarga çiqarmoqçi.

Qirğiz naşrining yozişiça, rostdan ham davlatdagi eng katta guruç bozori Botken viloyati, Qadamjoy rayoni Ak-Turpak qişloğida joylaşgan. Haftaning har çorşanba kunlari bu bozorga mintaqaning har bir davlatidan sotuvçi va oluvçilar keladi. Hisob-kitob qilinişiça, har kuni deyarli 200 tonna guruç sotiladi, narxlar ham ulgurji bahoda. Katta hisobda guruç Özbekiston va Rossiyaga eksport qilinadi, deb yozadi mahalliy naşr. Bozor ma’lumotlariga köra, kuniga birgina guruç savdosining özi 19 million somdan 50 million somgaça yetadi.

Rahmon va Berdimuhammedov öz davlatida mahkumlarni afv etdi

Turkmaniston prezidenti qadr keçasi munosabati bilan 321 mahkumni afv etdi. Mahalliy turkman naşrlarining yozişiça, prezident 20 mart kuni bu töğrisidagi qarorga imzo çekkan. Ma’lum bölişiça, prezident Serdar Berdimuhammedov ötgan yili qadr keçasida 356 nafar Turkmaniston fuqarosini ham afv etib, oilasi bağriga qaytargan. Ötgan 2024 yilda davlatda jami 1368 nafar mahkum ozod qilingan.

Tojikiston prezidenti esa Navröz munosabati bilan 897 nafar mahkumni afv etdi. U ham 20 mart kuni qaror imzolagan va ozodlik mahrum qilingan, kiçik va örtaça oğir jinoyatlar, oğir jinoyatlar sodir etgan şaxslarning 897 tasi afv qilinişi belgilangan.

Sariq römol öraş talabi yolğon bölib çiqmoqda

Turkmanistondagi mahalliy naşrlar turmuşga çiqmagan qizlarning iş joylarida sariq römol örab yurişlari majburiy bölgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Ötgan hafta qator xorijiy OAV Turkmanistonda yaşovçi qizlar va ayollar bundan keyin aniq kiyimga ham ega bölişi, xususan turmuşga çiqmagan qizlar iş joyida sariq römol boğlab yurişi majburiy ekani, aks holda esa işdan haydalişini yozgandi. Bu hafta davomida esa davlat içkarisidagi media buni rad qilmoqda.

Aşxobod, Lebap va Daşoğuzdagi jurnalistlar bunday gap yöqligini aytgan. Masalan, Lebap viloyati madaniyat bölimi xodimi bu haqida avval eşitmagani, unga ham yangilik bölganini bildirgan. Aşxoboddagi televideniye xodimi ham bunday topşiriq olmaganini aytgan. Turmuşga çiqmaganlar sariq römol boğlamayapti, aksinça avvalgidek döppi kiyib, soçini ikki örib yuradi, deydi Aşxoboddagi jurnalist. Aytilişiça, Aşxobodda sariq şarf örab yuriş moda bölganmiş va şu masala gap-sözlarga sabab bölgan bölişi mumkin.

Ehtimol, bu yil uçun rejalaştirilgan tantanali tadbirlarda bunday kiyiniş kodi joriy qilinar, lekin kundalik qoida sifatida emas, faqat davlat tadbirlarga tegişlidir, degan Aşxobod hokimligi xodimi. Kun.uz jurnalisti Turkmanistondagi ba’zi media vakillariga  aloqaga çiqarkan, ular bu mavzuda gapirişni istamasliklarini, sariq römol buyruği esa borligini aytişdi.

Tojikiston ham Rossiya bilan kiçkina AES qurişi mumkin

Tojikiston Rossiyaning kam quvvatli atom elektr stansiyasini quriş taklifini örganmoqda. Bu haqida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçevga tayanib “TASS” xabar berdi.

“Döstlarimiz ixçam toğ-kon loyihalari manfaati yölida past quvvat bilan boğliq taklifimizni örganmoqda. Aynan mana – 40-50 megavatt ularni qiziqtirmoqda. Töğrisi, bu muzokaralarning dastlabki bosqiçi, deb aytgan bölardim”, degan “Rosatom” rahbari.

Aleksey Lixaçevning qöşimça qilişiça, Rossiya va Tojikiston bir neça yillardan buyon ekologik loyihalar böyiça faol hamkorlik qilib kelmoqda – bu SSSRning uran loyihalari merosini yöq qiliş, konlar va boyitiş inşootlarini meliorativ holatini yaxşilaşni ham öz içiga oladi.

2023 yilda Rosatom Tojikiston bilan respublikada katta yoki kiçik quvvatli atom elektr stansiyasini quriş masalasini muhokama qilişga tayyorligi haqida  xabar berilgan edi .

Afğon bolalari oğir mehnat qilişga majbur

Afğonistondagi iqtisodiy qiyinçiliklar davlatda yoş bolalarning oğir mehnatga jalb qilinişini köpaytirmoqda. Odamlar “Tolibon”dan ularga ta’lim oliş va oilalarini qöllab-quvvatlaş imkonini kutgandi, biroq vaziyat undan battar. Mahalliy afğon naşri – Tolo news’ga köra, Kobuldagi bolalar oğir mehnat bilan şuğullanişda davom etmoqda. Şunday joylardan biri bu avtomobil ta’mirlaş ustaxonalari bölib, yoş bolalar oğir asboblar orasida işlaydi.

Oilasi rözğorini tebratiş uçun tongdan keçgaça işlayotgan Bilol va Usmon ana şunday ta’mirlaş ustaxonalaridan biriga işga joylaşdi.

“Iqtisodiy muammolarimiz bor. Hukumatdan bizga yordam berişini va ta’lim olişimizga imkon söraymiz” deydi Bilol.

“Ertalab soat 8 da maktabga boraman. Darsdan keyin işlagani dökonga qaytaman va uyga nimadir olib ketaman. Kuniga 100 afğon pul topaman, deydi Usmon.

Bilol va Usmon kabi köplab bolalar afsuski, oğir mehnat bilan maşğul.

“Oğir mehnatning bolalarga jiddiy psixologik ta’siridan biri şundaki, ularda taşviş paydo böladi, bu esa oxir-oqibat zöravonlikka olib keladi”, - deydi universitet olimi Navidadulla Danişyor.

Mehnat va ijtimoiy işlar vazirligi matbuot kotibi Samiulla Ibrohimiyga köra, bu bolalarning aksariyati oğir mehnat bilan avvaldan şuğullangan, ammo ular vazirlik siyosati va şartlariga köra bolalar uylariga joylaştirilmoqda.

Mamlakatning köplab hududlaridagi qaşşoqlik va işsizlik bolalarni oğir mehnatga majburlaşning asosiy sabablaridan biri bölib qolmoqda.