Meksikada mahalliy aholi zinalar orqali mayyalar ibodatxonasiga çiqib qolgan germaniyalik turistni kaltakladi. Guvohlar tomonidan tasvirga olingan videoni Daily Mail e’lon qildi.

Qayd etilişiça, voqea 20 mart kuni Çiçen-Itsedagi Kukulkana ibodatxonasi hududida yuz bergan. Kadrlarda erkak 25 metrli piramida körinişidagi muqaddas ibodatxonaning tik zinapoyalari böylab yuqoriga kötarilayotgani tasvirlangan. Guvohlar huştak çalib, uni bu işni qilmaslikdan ogohlantirişga uringan.

Turistni qölga oliş uçun meksikalik qöriqçilar ham piramidaga çiqişga majbur bölgan. Ular qonunbuzarni majmuadan olib çiqib ketgunga qadar, bir neça kişi turistni urişga ulgurib qolgan. Endilikda qonunbuzar turist qanday jazoga tortilişiga oydinlik kiritilmagan.

Ta’kidlanişiça, 2008 yildan beri qadimgi piramida ustiga çiqiş taqiqlangan. Uşbu çora mazkur hududning tarixiy va madaniy qadriyatlarini himoya qilişga qaratilgan.

Ma’lumotlarga köra, 2023 yilda Kukulkana zinalari böylab kötarilgan polşalik turist ham kaltaklangan. Öşanda u 12 soat davomida hibsga saqlangan, keyin esa jarimaga tortilgan.