AQŞdagi qattiq qöriqlanadigan qamoqxonalarning birida maşhurlikda Pablo Eskobardan qolişmaydigan narkobaron saqlanmoqda. «El-Çapo» laqabli bu jinoyatçi Meksikadagi yirik narkokartelga rahbarlik qilgan. U asos solgan töda hamon faoliyat körsatmoqda va dunyo böylab giyohvand moddalar tarqatişda davom etyapti. Tödaboşi esa dahşatli Alkatrasda.

Har yili AQŞga juda katta miqdorda giyohvand moddalar kirib boradi, çunki talab yuqori. Narkotik asosan Kolumbiya va yana baʼzi Janubiy Amerika davlatida tayyorlanib, turli yöllar bilan Karib havzasi va Markaziy Amerika davlatlari orqali AQŞga olib kiriladi. Bu logistika zanjirining eng muhim böğini – Meksika kartellari. «Qahramonimiz» Xoakin Gusman ana şunday narkokartellardan biri «Sinaloa»ga asos soladi.

Giyohvand moddalar orasida ulğaygan bola

Xoakin Gusman 1957-yilda Meksikaning Sinaloa ştatida qaşşoq bir qişloq oilasida tuğiladi. Oila apelsin sotib kun körar, bölajak kartel rahbari kattalarga yordamçi edi. Xoakinning otasi mahalliy narkokartel aʼzosi bölib, giyohvand moddalar yetiştiriş va sotiş bilan ham şuğullanardi. Köp ötmay ota Xoakinni «ota kasbini davom ettirsin deb» opiy va kannabis yetiştirişga jalb qiladi. Şu-şu bola yoşligidan giyohvand moddalar içida katta böladi.

1980-yillarda Xoakin Meksika narkobaronlarining «çöqintirgan otasi» Migel Galyardoning «Gvadalaxara» karteliga qöşiladi. Avvaliga oddiy yugurdak böladi, keyinroq işonçga kirgaç, Kolumbiyada tayyorlangan narkotikni Meksika orqali AQŞga taşişdek «masʼuliyatli işga» boş böladi.

Narkokartel rahbari

1989-yilda «Gvadalaxara» karteli rahbari Migel Galyardo hibsga olinib, töda bir neçta mustaqil guruhga bölinib ketadi. Vaziyatdan foydalangan Xoakin şeriklari va qöl ostidagi yigitlar bilan «Sinaloa» karteliga asos soladi. Tödaboşi Xoakin Gusman «El-Çapo», yaʼni pakana laqabini oladi. Çunki uning böyi 168 sm edi.

1990-yillarda «Sinaloa» karteli faoliyatini kengaytiradi. «El-Çapo» topqirligi evaziga giyohvand moddalar tarqatiş industriyasiga bir qator yangiliklar olib kiradi. Meksika va AQŞ çegarasi ostida elektrlaştirilgan, ventilyatsiya tizimiga ega va relsli maxfiy yerosti yölaklari quradi. Kolumbiyada tayyorlangan kokain, geroin, metaamfetamin va marixuanani çegaradan ötkaziş uçun suvosti kema, samolyot, poyezd hamda yuk maşinalaridan foydalanadi.

2000-yillarga kelib «Sinaloa» Meksikadagi eng yirik narkokartelga aylanib, bir tomondan hukumat kuçlari, politsiya hamda harbiylarga, boşqa tomondan raqobatçi kartellarga qarşi şavqatsiz uruş olib boradi. Töda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga giyohvand moddalar yetkazib beruvçi yirik jinoiy imperiyaga aylanadi. Xoakin Gusmanning pullari milliard dollardan oşadi. Hatto Forbes uni dunyo milliarderlari röyxatiga qöşadi. Jurnal 2009-yilda uni dunyoning eng boy odamlari röyxatida 41-öringa, 2010-yilda 55 va 2011-yilda 60-öringa qöyadi. Öşa paytlarda u Karlos Slimdan söng Meksikaning eng boy odami hisoblangan.