Vazirlikning rasmiy saytida faqat butun mamlakat böyiça kutilgan umumiy umr davomiyligi e’lon qilindi. Holbuki, oblastlar kesimidagi, şuningdek, erkaklar va ayollar böyiça alohida statistika e’lon qilinmadi. Bu ma’lumotlar front uçun faol jalb etilgan hududlardagi yoş erkaklar örtasidagi ölim holatlarini körsatib berişi mumkin edi.
«Yesli byt toçnym» loyihasiga bergan javobida Rosstat 2024 yil uçun uşbu ma’lumotlarni e’lon qiliş vaqtinça töxtatilganini ma’lum qildi. Ammo uşbu qarorning sabablari yoki ma’lumotlar keyinçalik e’lon qilinişi haqida aytilmagan.
Rosstat ma’lumotlariga köra, ötgan yili rossiyaliklarning umumiy umr davomiyligi 7 oyga qisqarib, 72,84 yilni taşkil etgan. Bu pandemiya davridan beri ilk marta qayd etilgan pasayişdir. Agar pandemiyani inobatga olinma, bu 2000 yillar boşidan beri eng katta pasayiş hisoblanadi.
2024 yil – Rossiyaning Ukrainadagi harbiy yöqotişlari statistikaga sezilarli ta’sir körsatgan ilk yil böldi. Demograf Aleksey Rakşaning ta’kidlaşiça, frontda halok bölganlarning ma’lumotlari Rosstatga, agar umuman kiritilsa, taxminan 1,5 yil keçiktirib kiritiladi. Uning sözlariga köra, 2024 yilda rasmiy ölim holatlari 2023 yilga nisbatan ança yuqori bölgan. Rosstat hisobotlariga köra, ötgan yil mamlakatda 1,816 mln kişi vafot etgan, bu 2023 yilga nisbatan 3,3 foizga köp. Şu bilan birga, tuğiliş darajasi sönggi 25 yildagi eng past körsatkiçga tuşdi – atigi 1,222 mln bola tuğilgan. Tabiiy ösişdagi yöqotiş – 495 ming kişini taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 20 foizga köp.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil mart oyi oxiriga kelib, Rossiya armiyasining Ukrainadagi yöqotişlari 900 ming kişiga yetgan, şundan 200–250 ming nafari halok bölgan. Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) hisob-kitoblariga köra, 2025 yil fevral oyigaça Rossiya armiyasi 172 ming harbiyni yöqotgan, 611 ming kişi jarohatlangan. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, ularning qariyb 400 ming nafari nogironlikka uçragan.












