AQŞ Savdo vazirligi Sanoat va xavfsizlik byurosi 80 ta taşkilotni sanksiyalar röyxatiga qöşdi, ularning 50 dan ortiği — Xitoyga tegişli kompaniyalardir, deb xabar beradi CNBC.

Röyxatdan örin olgan kompaniyalarga nisbatan eksport çeklovlari qöllanadi. Xususan, Amerika kompaniyalari ularga AQŞ hukumatining alohida ruxsatisiz tovarlar va texnologiyalarni yetkazib bera olmaydi.

Savdo vazirligining qayd etişiça, Xitoy kompaniyalarining aksariyati harbiy maqsadlarda foydalaniladigan sun’iy intellekt, superkompyuterlar va yuqori texnologik çiplarni yaratişdagi iştiroki uçun «qora röyxat»ga kiritilgan. Ikkita kompaniya Huaweiʼga nisbatan sanksiyalarni buzgani uçun röyxatdan örin olgan. Şuningdek, röyxatga 2023 yilda AQŞ sanksiyalariga uçragan Inspur Group — bulutli texnologiya bilan şuğullanuvçi kompaniyaning oltita şu’ba korxonasi ham kiritilgan.

Xitoy kompaniyalaridan taşqari sanksiyalar röyxatidan Tayvan, Eron, Pokiston, JAR va BAA kompaniyalari ham örin olgan.

XXR Taşqi işlar vazirligi AQŞning yangi eksport çeklovlarini qoralab, barça narsaga «milliy xavfsizlik tuşunçasini qöllaşni» töxtatişga çaqirdi.

Avvalroq Xitoy boş vaziri Li Syan xorijiy sanksiyalarga qarşi kuraş töğrisidagi qonunni kuçga kiritiş töğrisidagi farmoyişni imzolagandi. TIVga köra, uşbu qonun AQŞ va boşqa Ğarb davlatlarining sanksiyalariga javobga aylanadi.