Xöş, Donald Tramp uçinçi muddatga saylana oladimi? Agar saylana olmasa, unga qanday huquqiy tösiqlar monelik qiladi. Reuters bu borada qiziq tahlil ötkazdi.
AQŞ konstitutsiyasida nima deyilgan?
AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-özgartişda «Heç kim ikki martadan ortiq prezident etib saylanişi mumkin emas», deb belgilangan.
Uşbu özgartiş 1951 yilda, prezident Franklin Ruzvelt AQŞning ilk prezidenti Jorj Vaşington davridan buyon amal qilib kelgan ikki muddatlilikka doir norasmiy qoidani buzgandan söng ratifikatsiya qilingan.
Katta depressiya va Ikkinçi jahon uruşi davrida prezidentlik qilgan Ruzvelt uç töliq muddat hokimiyatda böldi va 1945 yili — törtinçi muddati boşlanganidan bir neça oy ötib vafot etgan.
Kuinnipiak universiteti huquq professori Ueyn Angerning ta’kidlaşiça, Konstitutsiya prezidentlik muddatini tört yilllik ikki muddat bilan aniq çeklab qöygan. Uning sözlariga köra, tarixda bunday holat kuzatilmagan bölsa-da, Trampning bu bandni sudda şubha ostiga olişga urinişi muvaffaqiyatsizlikka uçraşi ehtimoli yuqori.
«Menimça, Oliy sud uning bu xohşiga «yöq» deb aytadi — hammasi aniq: u tört yildan ikki bor lavozimni egallaşi mumkin. Donald Tramp, siz uçinçi bor saylovda qatnaşolmaysiz», — deydi Anger.
Trampni qöllovçilar konstiutsiyani özgartirişi mumkinmi?
Ha, lekin bu hozirgi siyosiy qutblaniş davrida juda past ehtimolga ega.
Har qanday konstitutsiyaviy özgartiş uçun Amerika Qöşma Ştatlari Kongressining ikki palatasida — Vakillar palatasi va Senatdagi deputatlarning uçdan ikki qismining ovoz kerak böladi. Yoki ştatlarning kamida uçdan ikki qismi qonunçilik organlari talabiga binoan Milliy Konvent çaqirilişi, söngra 50 ta ştatdan 38 tasi tomonidan ratifikatsiya qilinişi zarur.
Ayni paytda respublikaçilar Vakillar palatasida kiçik ustunlikka ega — 213 öringa qarşi 218 örin. Senatda esa 53 ovozga ega. Ular şuningdek, 28 ştat qonunçilik organlarini nazorat qilişadi.
Tennessi ştatidan kongressmen va Trampning qat’iy tarafdori Endi Ogls yanvar oyida Konstitutsiyaga 22-özgartişni qayta körib çiqiş taklifi bilan çiqqan. U prezidentga ketma-ket emas, balki alohida muddatlarda uç marta xizmat qiliş imkonini berişni taklif etgan.
Agar bu özgartiş qabul qilinadigan bölsa, Trampning 2017 va 2025 yillardagi prezidentlik muddatlari bir-birini qoplamagani bois, u 2029 yildan boşlab uçinçi muddatga kirişiş imkoniyatiga ega bölar edi.
Tramp viye-prezident sifatida nomzod bölişi mumkinmi?
Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida keyingi saylovda prezidentlikka nomzod sifatida Jyey Di Vens körsatilsa, özini vitse-prezidentlikka körsatiş imkoni haqida gapirdi.
Agar Vens saylovda ğalaba qozonsa va keyinroq prezidentlikdan voz keçsa, Tramp qaytadan Oq uyga qaytiş imkoniyatiga ega böladi.
Biroq Tramp vitse-prezidentlikka ham nomzod böla olmaydi, çunki u yana prezident böliş huquqiga ega emas. AQŞ Konstitutsiyasining 12-özgartişida şunday deyilgan: «Prezident lavozimiga saylanişga huquqi bölmagan şaxs, vitse-prezident lavozimiga ham saylaniş huquqiga ega emas».












