Myanma harbiy xuntasi rahbari Min Aun Hlayn bergan sönggi ma’lumotlarga köra, 28 mart kuni sodir bölgan kuçli zilzila oqibatida 2719 kişi halok bölgan. Bu raqam yakuniy emas. Takroriy silkinişlardan aziyat çekayotgan mamlakatda halok bölganlar xotirasiga hurmat bajo keltiriş uçun bir daqiqalik sukut e’lon qilindi. Biroq falokat Myanmada tört yildan beri davom etayotgan fuqarolar uruşini töxtata olmadi. BBC rus xizmati davom etayotgan mojaro vayronkor zilzila oqibatlarini qanday kuçaytirayotgani haqida yozdi.

Harbiy harakatlar davom etişi

Minglab qurbonlar va keng kölamli vayronagarçiliklarga qaramay, mamlakat hududidagi harbiy harakatlar töxtamagan va harbiy xunta zarar körgan hududlarga havo hujumlarini davom ettirmoqda.

BBC Birma xizmatiga köra (Birma — Myanmaning oldingi nomi), Şan ştati şimolidagi Naungço şahriga berilgan aviazarba oqibatida yetti kişi halok bölgan. Harbiylar şaharni 28 mart kuni, mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida — zilziladan uç soat ötganida öqqa tutgan.

Bundan taşqari, isyonçilarning xabar berişiça, Myanma hukumati harbiylari 31 mart kuni zilziladan eng köp jabr körgan Sagayn regionida quruqlik orqali reydlar ötkazgan.

Guvohlarning sözlariga köra, bu region dam oliş kunlari ham bombardimon qilingandi. Zarba zilzila epimarkazi joylaşgan Çaung-U okrugiga töğri kelgan.

Mamlakat boşiga tuşgan tabiiy ofat Myanma harbiy xuntasini taşvişga solmayapti. Xuntaga qurol-yaroğni, xususan, Rossiya va Xitoy yetkazib beradi. Foto: AFP

Myanmada 7,7 magnitudali zilzila 28 mart kuni sodir böldi. Sönggi ma’lumotlarga köra, uning oqibatida halok bölganlar soni Myanmaning özida 2719 nafarni taşkil etmoqda, yana 4500 dan ortiq kişi jarohatlangan, 400 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

BMT tabiiy ofatdan keyin amalga oşirilgan aviazarbalarni «mutlaqo ğazablantiruvçi va qabul qilib bölmaydigan holat» deb atagan.

BMTning maxsus ma’ruzaçisi Tom Endryus BBC bilan suhbatda zilziladan keyin «odamlar omon qolganlarni qutqarişga urinayotganida» bomba taşlanişi «şunçaki aql bovar qilmas holat» ekanini aytdi. U harbiy rejimni barça amaliyotlarni töxtatişga çaqirgan.

Hokimiyatdan çetlatilgan fuqarolik ma’muriyatini ifoda etuvçi Milliy birlik hukumati öz bayonotida öz qurolli kuçlari yakşanba kunidan boşlab zilziladan jabr körgan hududlarda «hujumkor amaliyotlar»ni ikki hafta muddatga töxtatganini e’lon qilgan.

Insonparvarlik yordami tösilişi

Myanmada qutqaruv işlari davom etmoqda. Zilziladan söng darhol xunta rahbari Min Aun Hlayn jahon hamjamiyatidan yordam söragandi.

«Men har qanday mamlakatni, har qanday taşkilotni, har qanday odamni yordamga çaqirmoqçiman. Rahmat», – degandi u televideniye orqali qilgan murojaatida va «xorijiy yordam uçun barça yöllarni oçgani»ni qöşimça qilgandi.

Şu bilan birga, harbiylar insonparvarlik yordamdan fuqarolar uruşida vosita sifatida foydalanişidan jiddiy xavotirlar mavjud. Myanma harbiylari uzoq vaqtdan beri qarşilik körsatiş guruhlari harakat qilayotgan hududlarga yordam berişdan boş tortib kelmoqda.

Tom Endryusning eslatişiça, ötgan gumanitar operatsiyalar davomida harbiylar yordamni blokirovka qilgan va xodimlarni hibsga olgan.

«Ötmişdagi gumanitar falokatlar va tabiiy ofatlardan bilamizki, xunta haqiqatni oşkor qilmaydi. Şuningdek, uning insonparvarlik yordami eng zarur bölgan joyga yetkazilişini bloklaş odati bor», – deydi Endryus.

Halokat oqibatlari bilan kuraşayotgan şifokorlarning aytişiça, harbiy xunta allaqaçon yordam kelişini tösib qöygan. Bu haqda Guardian naşriga Mandalaydagi zilzila markazidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga yordam berayotgan ikki avstraliyalik şifokor ma’lum qildi.

«Insonparvarlik yordamining bir qismi, aniqroği, katta qismi muhtojlarga berilmadi. Mandalayning ba’zi tumanlarida heç qanday yordam kelmadi. Harbiylar uni musodara qilişdi», – dedi doktor Nang Vin jurnalistlarga.

Jahon oziq-ovqat dasturi vakilining BBC’ga ma’lum qilişiça, köçirilgan minglab odamlar oziq-ovqat, dori-darmon va boşpanaga ega emas. Foto: AFP

Myanmaga yordamni AQŞ, Yevropa Ittifoqi va ASeAN, şuningdek, Hindiston, Xitoy va Rossiya va’da qilgan, ular allaqaçon mamlakatga qutqaruvçilar va şifokorlar guruhlarini yuborgan. Şu bilan birga, birmalik faollar Rossiya va Xitoyning hamdardligini jiddiy qabul qiliş qiyinligini aytmoqda. Bu ikki davlat Myanmadagi hukmron harbiy rejimga qurol yetkazib beradi.

Axborot taqçilligi

Mamlakat harbiy rahbariyati halok bölganlar, yaradorlar va bedarak yöqolganlar haqida ma’lumot berayotgan bölsa-da, bu ma’lumotlarni işonçli deb bölmaydi. Mamlakatda fuqarolar uruşi davom etayotgani sababli Myanmadan biror ma’lumot oliş juda qiyin.

2021 yilgi davlat töntarişidan beri mamlakatni mahalliy tabiiy ofatlar kölamini yaşirişni kanda qilmaydigan harbiy xunta boşqarmoqda.

Bundan taşqari, davlat deyarli barça mahalliy radio, televideniye, bosma va onlayn ommaviy axborot vositalarini nazorat qiladi. Feysbuk, instagram va tvitter kabi ijtimoiy tarmoqlar bir neça yildan beri bloklangan holatda qolmoqda. Şuningdek, köplab ommaviy axborot vositalari yopilgan, mamlakatda jurnalistlar ta’qib qilinmoqda.

Qolaversa, blokirovkani çetlab ötiş oson emas. Bu yil Myanmada VPN xizmatlaridan foydalanganlik uçun jazo joriy etildi. Buning uçun foydalanuvçilar olti oylik qamoq jazosi yoki jarimaga tortilişi mumkin.

BBC ma’lumotlariga köra, hozirda harbiylar Myanma hududining çorak qismidan kamroğini öz nazoratida uşlab turibdi.

Jabrlangan hududlarda mobil aloqa barqaror işlamayapti, ön minglab odamlar esa umuman elektr ta’minotisiz yaşamoqda, bu esa ular bilan boğlaniş imkoniyatini qiyinlaştirmoqda.

Çet ellik jurnalistlar mamlakatga kamdan kam kiritiladi. Zilziladan söng harbiy xunta zilzila oqibatlarini yoritiş uçun çet ellik muxbirlarga viza bermasligini, ularning xavfsizligini kafolatlaşning iloji yöqligini ma’lum qildi.

Myanmani kim nazorat qiladi?

Myanmadagi fuqarolar uruşi 2021 yilda, harbiy töntarişdan keyin boşlangan.

Töntariş keng kölamli noroziliklarni keltirib çiqardi, har kuni minglab odamlar köçalarga çiqib, fuqarolik hukumatini tiklaşni talab qilişdi. Politsiya va harbiylar namoyişçilarga qarşi öqotar qurol qöllagan.

Bir neça yil ötgaç, harbiy xunta mamlakatning isyonçi guruhlar örtasida bölib olingan köplab hududlari ustidan nazoratni boy berdi.

BBC suriştiruvi şuni körsatdiki, davlat töntarişidan deyarli tört yil ötgaç, harbiylar davlat hududining törtdan bir qismidan kamroğini öz nazoratida uşlab turibdi. Tergov ma’lumotlariga köra, etnik armiyalar va turli qarşilik guruhlari mamlakat hududining 42 foizini nazorat qiladi. Qolgan hududning katta qismi bahsli bölib qolmoqda.

Harbiy rejim havoda ustunlikka ega, çunki qarşilik körsatiş guruhlari unga qarşi turiş imkoniyatiga ega emas.

Zilzila episentri – Sagayn mintaqasi hozirda asosan demokratik qarşilik kuçlari tomonidan nazorat qilinmoqda.