Slovakiyada ayiqlar iştirokidagi hujumlar köpaygani sababli hukumat keskin çoralar körişga qaror qildi. Mamlakat boş vaziri Robert Fitso 350 tagaça ayiqni otişga ruxsat berdi.
«Biz odamlar örmonga borişdan qörqadigan mamlakatda yaşay olmaymiz», — deydi Fitso jurnalistlarga.
Sönggi hodisa ötgan hafta Detva şahri yaqinida sodir bölgan — örmonda sayrga çiqqan erkak uyiga qaytmagan. Qutqaruvçilar va köngillilar iştirokida olib borilgan keng kölamli qidiruv işlari natijasida uning jasadi topilgan. Rasmiylarning fikriça, erkak ayiq hujumi qurboniga aylangan.
Slovakiya köp yillardan beri qönğir ayiqlarga ov qiliş tartibini yengillaştirişga harakat qilmoqda. Mutaxassislarning baholaşiça, mamlakat toğlari yoki qalin örmonlarida 1200 taga yaqin ayiq yaşaydi. Biroq Yevropa Ittifoqi faqat odam yoki mulkka hujum qilgan ayiqlarning yöq qilinişiga ruxsat beradi va bu ham boşqa çoralar samara bermagan taqdirdagina amalga oşirilişi kerak.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024 yilda 93 ayiq otib öldirilgan. Biroq Yan Kutsyak nomidagi tergov markazi ötkazgan tahlil natijalariga köra, öldirilgan ayiqlarning heç biri odamlarga hujum qilmagan.
Hukumatning uşbu qarori ekologik taşkilotlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Masalan, Aevis Foundation hukumatni xalqaro kelişuv va milliy qonunlarni buzişda ayblagan. Ularning fikriça, ayiqlarni otiş örniga, odamlarni tabiatda xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga örgatişga e’tibor qaratiş kerak.
«Tanqidlarga qaramay, hukumat öz qarorida qat’iy turibdi. Ammo bunday çoralar haqiqatan ham xavfsizlikni oşirişga yordam beradimi yoki yöqmi, bu savol oçiq qolmoqda», — deyiladi xabarda.












