Slovakiyaning Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş boşqarmasi (UBOK) xodimlari mamlakat şarqidagi dron işlab çiqariş korxonasiga öt qöyişga tayyorgarlik körilayotganining oldini oldi.

Slovakiya politsiyasi 25-avgust kuni maʼlum qilişiça, jamiyat uçun xavfli bölgan öta oğir jinoyatni tayyorlaşda gumonlanayotgan uç nafar xorijlikka nisbatan ayblov eʼlon qilingan.

Ularning ikki nafari Slovakiya hududida qölga olingan. Uçinçi gumondor esa qisqa muddat içida rasmiylaştirilgan Yevropa hibsga oliş orderi asosida Germaniyada uşlangan.

Politsiya maʼlumotiga köra, gumondorlar tintuv qilinganda «katta miqdorda» yonuvçan aralaşma, turli asboblar, mobil telefonlar, ekşn-kamera va qölda çizilgan reja musodara qilingan.

Dastlabki taxminlarga köra, gumondorlar zavodda yonğin çiqariş uçun napalmdan foydalanişni rejalaştirgan bölişi mumkin.

Hujum paytida zavodda 70 ga yaqin odam bölişi mumkin edi

Slovakiya politsiyasining dastlabki maʼlumotlariga köra, rejalaştirilgan hujum amalga oşirilgan taqdirda zavod binosi içida taxminan 70 nafar xodim bölişi mumkin edi.

Şuningdek, işlab çiqariş sexidagi mol-mulk va uskunalarning umumiy qiymati önlab million yevroni taşkil etişi aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hozirça gumondorlarning fuqaroligi, zavodning nomi va ehtimoliy hujum ortidagi motivlar haqida batafsil maʼlumot bermagan.

Yevropada mudofaa korxonalari bilan boğliq hodisalar köpaymoqda

Slovakiyadagi hodisa Yevropa davlatlarida mudofaa sanoati korxonalari xavfsizligiga eʼtibor kuçaygan bir paytga töğri keldi.

Avvalroq Britaniyaning The Telegraph gazetasi Yevropa böylab qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi korxonalarda diversiya holatlari köpaygani haqida material eʼlon qilgan edi.

Naşr maxsus xizmatlar vakillariga tayanib, Rossiya Yevropadagi mudofaa korxonalariga zarar yetkaziş uçun mahalliy jinoiy guruhlar aʼzolarini jalb qilayotgan bölişi mumkinligini yozgan. The Telegraph manbalari bunday harakatlar NATOning javob reaksiyasini sinab körişga qaratilgan bölişi mumkinligini ham iddao qilgan.