Yoşlar işlari agentligi tomonidan ötkazib kelinadigan “Yoş kitobxon” tanlovining 2024-2025 yilgi mavsumi ğoliblari aniqlandi.

Alişer Sa’dullayevning ma’lum qilişiça, bu safargi mavsumda barça yoş toifasida birinçilikni qizlar qölga kiritgan.

“Bu qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga çanqoqligi va kitobga bölgan qiziqişi qançalik ortganligining belgisi” deb yozdi u.

Şuningdek, ğoliblar haqida ham ma’lumot berildi:

• Dilbarxon Haydarova — Toşkent şahar Böz mahallasidan 10-14 yoş toifasi ğolibi. Otasi Böronov Firuzbek, hisobçi.

• Öğiljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpoğiston Respublikasi, Törtköl tumani Kaltaminor mahallasidan 15-19 yoş toifasi ğolibi. Otasi Söyunov Abajan, dehqonçilik bilan şuğullanadi.

• Maftuna Oçilova — Xorazm viloyati, Nurli hayot mahallasidan 20-30 yoş toifasi ğolibi. Onasi Oçilova Dildora, nafaqada.

Ğoliblarning har biriga Prezident sovğasi — BYD Chazor elektromobillari tantanali ravişda topşirildi.

Bundan taşqari, tanlovda ikkinçi öringa — 75 mln sömdan, uçinçi öringa — 50 mln sömdan, final bosqiçi iştirokçilarining barçasiga esa 10 mln sömdan pul mukofotlari berildi.