Sirdaryo viloyati Guliston şahrida tibbiyot klinikasi köp miqdordagi elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Boş prokuratura xabariga köra, S.J. MÇJga qaraşli klinikaning elektr hisoblagiçiga taşqi ta’sir körsatilişi oqibatida 2,1 milliard sömlik zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda köp miqdorda öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Boş prokuratura tadbirkorlardan energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanişni söradi va reyd tadbirlari davom etayotganidan ogohlantirdi.












