Xitoy Savdo vazirligi 4 apreldan boşlab bir qator oğir nodir metallar va kamyob magnitlar eksportida çeklov joriy etdi, deb yozmoqda The New York Times.
Endilikda eskportçilar uşbu metallar va magnitlarni yuborişda maxsus litsenziya olişlari talab etiladi. Şu bilan birga, litsenziya taqdim etuvçi tizimni yaratiş ustida işlar endi boşlangan bölib, bu jarayonning çözilişiga olib kelişi mumkin.
Hukumat yangi tartibga soliş tizimini işlab çiqqunga qadar Xitoyning köplab portlarida magnitlar eskporti töxtatib qöyilgan.
Holland & Knight yuridik firmasining qayd etişiça, eksportdagi çeklovlar global ta’minot zanjirlariga «ham darhol, ham strategik ta’sir» körsatişi mumkin. Oğir nodir metallardan avtomobil sanoati, dronlar, robotlar, raketa va fazoviy apparatlar uçun juda muhim bölgan magnitlarda foydalaniladi. Bu metallar, şuningdek, reaktiv dvigatellar, lazerlar, avtomobil çiroqlari va ayrim öt oldiriş «sveça»sini işlab çiqarişda kerak böladigan kimyoviy moddalar tarkibiga kiradi.
CRU tadqiqot markazi ma’lumotlariga köra, Xitoy dunyodagi nodir magnitlarining taxminan 90 foizini yetkazib beradi. NYT’ning yozişiça, bu magnitlar Xitoyning AQŞga qiladigan umumiy eksportining juda kiçik qismini taşkil qiladi va mamlakat uçun minimal iqtisodiy yöqotişlarga sabab bölsa-da, boşqa davlatlar uçun salbiy oqibatlari sezilarli bölişi mumkin.
Barça davlatlarga qarşi «savdo uruşi» doirasida AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlari importiga ham bojlar joriy etdi — ularning umumiy qiymati 145 foizga yetdi. Tramp tomonidan bojlarning oşirilişiga javoban Pekin ham Amerika tovarlariga bojlarni 125 foizgaça kötardi.












