Jazoir Fransiya elçixonasining 12 xodimidan 48 soat içida mamlakatni tark etişni söradi. Bu haqda 14 aprel, duşanba kuni Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi. 12 kişi orasida diplomatlardan taşqari Fransiya Içki işlar vazirligi xodimlari ham bor, deb yozadi AFP agentligi.
Barrot Jazoirni körilgan çoralardan voz keçişga çaqirib, ularni avvalroq Fransiyada uç Jazoir fuqarosi, jumladan diplomatning hibsga olinişiga munosabat deb atadi. «Agar amaldorlarimizni haydab çiqariş qarori öz kuçida qolsa, bizning zudlik bilan munosabat bildirişdan boşqa ilojimiz bölmaydi», deya vazirning sözlarini keltiradi AFP agentligi.
Jazoirdan fransuz diplomatlari çiqarib yuborilayotgani haqidagi xabar rasmiy ravişda tasdiqlanmadi, deb xabar beradi Reuters.
Avvalroq Fransiyada uç nafar jazoirlik hibsga olingani, ular orasida jumladan, elçixona xodimi ham borligi xabar qilingandi. 11 aprel kuni Milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) ularni TikTok ijtimoiy tarmoğida 1,1 milliondan ortiq obunaçisi bölgan maşhur jazoirlik muxolifatçi Amir Buxorsni öğirlaşda iştirok etganlikda aybladi. Jazoir öz diplomatining hibsga olinişiga norozilik bildirdi.












