Prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo böylab millionlab odamlarning qalbida çuqur aks sado bergan qadamni taşladi. U Andijon viloyatidagi yangi şaharga Boburiylar saltanatining buyuk asosçisi, ham özbeklar, ham pokistonliklar uçun suyukli tarixiy şaxs Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilişini ma’lum qildi. Bu haqda Pokistonning Islamabad Post naşri yozdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev buyuk mutafakkir, şoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos merosiga alohida urğu berdi. Prezident Boburning ilm-fan, adabiyot va madaniyatga qöşgan ulkan xizmatlarini e’zozlaş, uning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida yangi şaharga «Bobur şahri» deb nom berişni taklif qildi.
«Bobur Mirzo temuriylar Uyğoniş davrining munosib davomçisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot homiysi edi. Uning beqiyos merosi butun dunyoga xalqimiz şon-şuhratini keltirdi. Uning nomi bilan atalgan şaharning bunyod etilişi uning bir umrlik orzusining ramziy timsoli», dedi prezident Mirziyoyev.
Bobur merosi köp asrlik tarix, arxitektura va madaniyat orqali Pokistonda yaşab kelmoqda. Pokiston uçun bu birdamlik va umumiy merosning muhim belgisidir.
Bobur tuğilgan Andijon viloyati Özbekistonning eng ziç joylaşgan hududlaridan biridir. Hukumat 2021 yilda şaharsozlikni kengaytiriş va zamonaviy turmuş darajasini ta’minlaş uçun istiqbolli yangi şahar loyihasini işga tuşirdi. Uşbu dadil loyiha sakkiz bosqiçda avval foydalanilmagan 4 ming gektar maydonda barpo etilmoqda.












