Xitoyda sönggi yillarda sun’iy intellektni rivojlantiriş sohasidagi közga köringan mutaxassislar kutilmaganda vafot etmoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Qayd etilişiça, uşbu ölim holatlari tadqiqotçilarning şaxsiy xavfsizligi va ular duç kelgan stress darajasiga oid savollar hamda xavotirlarni keltirib çiqargan. Ta’kidlanişiça, sun’iy intellekt Xitoy va AQŞ örtasidagi texnologik uruş markazida turgani bois, u yanada dolzarb hisoblanadi.
Gazetaning eslatişiça, 2022 yil iyunda Xitoyning Megvii Technologies kompaniyasi yetakçi olimi Sun Tszyan vafot etgan. Butun dunyoga taniqli Sun Tszyan MIT Technology Review versiyasi böyiça eng yaxşi yoş olimlar röyxatiga kiritilgan edi. 45 yoşli mutaxassisning ölimiga nima sabab bölgani oçiqlanmagan. Kompaniya öşanda olim «kutilmagan kasallik» oqibatida vafot etganini ma’lum qilgandi.
Bir yildan keyin sun’iy intellektdan harbiy sohada foydalaniş böyiça yana bir közga köringan ekspert, Pekindagi Mudofaa texnologiyalari milliy universiteti dotsenti Fen Yanxe 38 yoşida vafot etgani ma’lum böldi.
Şuningdek, öşa yilning özida kutilmagan kasallikdan SenseTime yirik texnologik kompaniyasi asosçisi va Hongkongdagi Xitoy universiteti professori Tan Syaou vafot etdi — u 55 yoşda edi. Bir yildan keyin innovatsiyalarga ixtisoslaşgan Yidu Teçkompaniyasi asosçilaridan biri va boş direktori Xe Çji 41 yoşida vafot etdi.
Joriy yilda esa sun’iy intellekt sohasidagi ekspert va Janubiy Xitoy texnologik universiteti huzuridagi Kompyuter fanlari maktabi dotsenti Syuan Yuyxuey vafot etgani töğrisida xabar berildi. Uşbu tadqiqotçining ölimi ham nima sababdan yuz bergani oçiqlanmagan.












