ChatGPT sun’iy intellekt çatboti amerikalik ayolga bir neçta şifokorlar xatosidan keyin töğri taşxis qöydi, deb xabar beradi The Sun.
Loren Bennon 2024 yil fevraldan beri öz soğliğidan xavotirlanib kelgan, bunga jimjiloq barmoği ertalab va keçqurun bukilişi qiyinlaşib qolgani sabab bölgan. Ayol şifokorlarga murojaat qilgan, ular esa revmatoid artrit taşxisini qöygan. Şu bilan birga, uşbu kasallik uçun topşirilgan test javoblari salbiy çiqqan.
Bir neça oydan keyin Lorenning oşqozonida kuçli oğriq paydo bölgan — şifokorlar buni kislotali reflyuksiya bilan boğlagan. Ayol mutaxassislarning taşxisidan şubhaga borib, özida kuzatilayotgan kasallik belgilarini ChatGPT’ga kiritgan.
Sun’iy intellekt Lorenda Haşimoto — qalqonsimon bezning yalliğlanişi bilan tavsiflangan autoimmun kasallik mavjudligini darhol aniqlab bergan. «Şifokor menda bu kasallik bölişi mumkin emasligini, çunki oilamda bunday holat uçramaganini aytdi. Ammo meni şunçaki tekşirib körişlarini söradim», — deydi ayol.
Haşimoto kasalligiga topşirilgan test natijasi ijobiy çiqqanidan keyin Loren qalqonsimon bezning ultratovuş tekşiruvidan ötgan va şifokorlar uning böynida ikkita saraton ösimtasi borligini aniqlagan. 2025 yil yanvarda ayol qalqonsimon bez va ikkita limfa tugunini olib taşlaş böyiça operatsiyani boşdan ötkazgan, şunga qaramay, u hamon şifokorlar nazoratida qolmoqda.
Lorenning ta’kidlaşiça, ChatGPT yordam bermaganida, Haşimoto kasalligining «odatdagi» belgilari kuzatilmagani bois saraton taşxisi ham qöyilmay qolib ketişi mumkin edi. «Şifokor omadim çopganini, çunki kasallik erta aniqlanganini aytdi. Agar ChatGPT’dan foydalanmaganida, aniq bilaman, u tarqalib ketgan bölardi», — deya qöşimça qiladi ayol.












