Özbekiston Boş konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Novosibirsk şahrida muşkul ahvolda qolgan özbekistonliklarning Toşkentga qaytişiga kömaklaşdi.

Qayd etilişiça, Boş konsulxona tomonidan Özbekiston fuqarosi M.T.ning Novosibirsk şahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnomani rasmiylaştirişda zarur yordam körsatilgan.

«Barça rasmiyatçiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar yurtdoşimizga topşirildi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, ona va bola 23 aprel kuni Novosibirsk—Toşkent aviareysi bilan Özbekistonga soğ-salomat qaytgan.

Avvalroq Novosibirsk şahrida oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Özbekiston Boş konsulxonasi kömagida Özbekistonga kuzatib qöyilgani töğrisida xabar berilgandi.