Kolumbiya okrugi federal prokurori Edvard Martin Wikipedia onlayn ensiklopediyasini propaganda va AQŞ tarixiga oid ma’lumotlarni manipulyatsiya qilişda aybladi.
Martin tomonidan Wikimedia fondiga yöllangan xatda aytilişiça, platformadagi axborot manipulyatsiyasi muhim tarixiy voqealar hamda amaldagi va sobiq Amerika yetakçilarining biografik ma’lumotlarini qayta yozişni, şuningdek, «AQŞ manfaatlari va milliy xavfsizligiga taalluqli boşqa masalalarni» öz içiga oladi.
Prokurorning sözlariga köra, bunday yondaşuv taşkilotning ta’lim missiyasiga ziddir. Martin Wikimedia’ga fondning ma’lumotlarni joylaştirişda şaffoflik, javobgarlik va xavfsizlik böyiça amaliyotiga oid 10 ga yaqin savol yuborgan. Prokuror may oyining örtalarigaça ularga javob olişni xohlamoqda.
Prokuror Martin taşkilotning xatti-harakatlari uning soliqdan ozod qilinganlik maqomiga zid bölişi mumkinligini aniqlamoqda.
Wikipedia özini özi boşqaruvçi model asosida faoliyat yuritadi, istalgan odam uning sahifalariga özgartiriş kiritişi mumkin — bunda faqat oldin e’lon qilingan işonçli manbalarga havola beriladi. Şu bois heç kim Wikipedia’ga oldin e’lon qilinmagan, yangi ma’lumotni joylaştira olmaydi. Saytda ma’lumotlarni tekşirib, tahrirlaş bilan volontyorlar şuğullanadi.












